So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

O'tkir Yusupov: “Mezbonlar katta kuch bilan o'ynashdi, lekin biz g'olib chiqdik” Yangiliklar

O'tkir Yusupov: “Mezbonlar katta kuch bilan o'ynashdi, lekin biz g'olib chiqdik”

Oliy liganing 26-turida jamoamiz Jizzaxda “So'g'diyona” bilan kuch sinashdi va muhim g'alabaga erishdi.


 Ushbu g'alabada o'zining ishonchli o'yini bilan katta hissa qo'shgan darvozabonimiz O'tkir Yusupov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- O'yin juda keskin kurashlar ostida o'tdi. Stadionga kelgan muxlislar qiziqarli va tomoshabop futbol guvohiga aylanishdi. Kuchli shamol bo'lgani bois futbolchilar biroz qiyinchiliklarga duch kelishdi. Uchrashuvdan oldin murabbiyimiz o'yin juda qiyin bo'lishini, "So'g'diyona" ochko olish uchun jonini berishini takidlab o'tishgandi. Rostan ham mezbonlar  katta kuch, kuchli ishtiyoq bilan o'ynashdi. Buni juda yaxshi bilardik. Muhimi- kerakli uch ochko egasiga aylandik. Bizda chempionlik uchun imkoniyat saqlanib qolgan va shu sababdan Jizzaxda g'alaba qozonishimiz zarur edi.

- O'yin davomida jamoani bir qator vaziyatlarda goldan saqlab qoldingiz. Umuman ko'rsatgan o'yiningizdan qoniqdingizmi?
- Men o'z o'yinimga baho bera olmayman. Bu darajaga hali chiqqanim yo'q. Murabbiylar nima deyishsa shu. Uchrashuvdan so'ng Eldor Suyunov o'yinimga yaxshi bahor berib, o'tkazib yuborilgan golda to'pga chiqishim kerakligini aytib o'tdi. Denis Ivankov ham o'yinimdan qoniqqanini va kerakli maslahatlarni berib, o'z xatolarimni aytdi. Artur Gevorkyan, Maqsud Karimov  singari tajribali futbolchilar yaxshi harakat qilganimni takidlashdi va ruhlantirishdi. Uchrashuvning debyutidayoq darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Bu vaziyatdan jamoani goldan saqlab qolganimdan xursandman. Murabbiyimiz har doim hakam xushtagi yangraganidan so'ng diqqatni o'yinga qaratib, tezda barcha narsaga tayyor turishni, sergaklikni uchrashuv so'nggiga qadar yo'qotmaslikni o'rgatgani qo'l keldi. Endi bor etiborni "Bunyodkor" bilan bo'ladigan o'yinga qaratishimiz zarur. Bu uchrashuvda muxlislarga g'alabani taqdim etishim lozim. CHempionlik poygasi esa so'nggi turga qadar davom etadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика