So’nggi yangiliklar

23:48"Аталанта" — "Интер". Таркиблар маълум  0 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  1 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  1 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  1 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  10

Otabek Narzullaev: “Biz keyingi bosqich o'yinlarga yanada yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz” Yangiliklar

Otabek Narzullaev: “Biz keyingi bosqich o'yinlarga yanada yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz”

Pro liga 16-turining qoldirilgan “Mashal” – “Andijon” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Otabek Narzullaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida
- Mazkur o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Mashg'ulotlarda raqib qanday o'yin ko'rsatishini bilgan holda tayyorgarlik ko'rdik. To'g'risi, jamoaga omad etishmadi. Ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. SHunday bo'lsa-da, yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Nazarimda, jamoamizga ozroq ishonch etishmayapti. Bazida qandaydir qo'rquv bilan maydonga chiqyapmiz.

- “Mashal” Superligaga chiqishdan umid uzdimi??
- Men bunday fikrga qo'shilmayman. Keyingi bosqichga jamoamiz boshqacha tayyorgarlik ko'radi. Jamoaning asosiy maqsadi, har bir o'yinda muvaffaqiyat qozonish. Balki jamoa pley-off bahslarida 3-o'rinni qo'lga kiritgan holda Superligaga chiqishi mumkin. Futbolda oldindan hech nima deb bo'lmaydi. Yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarib olsa, o'ylaymanki, biz vazifani bajara olamiz.



- Jamoangiz bugun jismoniy tomonlama raqibga yutqazib qo'ydimi?
- O'ylaymanki, biz “Andijon”ga qarshi o'yinda jismoniy tomonlama yutqazganimiz yo'q. Jumladan, “So'g'diyona” bilan kubok bahsida ham ularga bu borada yutqazmadik. Oxirigacha kurashdik.

- Sizningcha, Pro ligadagi eng kuchli jamoa?
- Menimcha, Pro ligada kuchsiz jamoa umuman yo'q. Hammasi kuchli. Birortasini osonlikcha yuta olmayapmiz. Bir so'z bilan aytganda, Pro ligada kuchli yoki kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Hammada birdek kuch mavjud.

- “Mashal”ning qarzorligi bormi?
- Bu borada hech qanday qarzdorlik yo'q. Klubimiz sentyabr oyigacha bo'lgan barcha maosh va mukofot pullarini bergan. Buning uchun homiylarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Umuman olganda, tashkiliy masalalarda ham hammasi joyida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика