So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Otabek Jo'raqo'ziev: "Osiyo Kubogida g'olib chiqib, Stefen Karri kabi nishonlamoqchi edim. Ammo..." Yangiliklar

Otabek Jo'raqo'ziev: "Osiyo Kubogida g'olib chiqib, Stefen Karri kabi nishonlamoqchi edim. Ammo..."

Superliga klublariga etarlicha qarshilik ko'rsatib kelayotgan "Olimpik" jamoasi kecha "Paxtakor"dan ochko tortib oldi.

Mezbonlarning yagona goliga Otabek Jo'raqo'ziev mualliflik qildi. Etibor berayotgan bo'lsangiz, golni o'zgacha uslubda nishonlayotgan forvardni ko'rib bevosita basketbol yulduzi Stefan Karri yodimizga tushadi. Xo'sh, Otabek ham unga taqlid qilyaptimi? Hujumchi saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga bergan intervyusida bunga to'xtalib o'tdi. 


- O'yin haqida...

- Barcha guvohi bo'ldi, o'yin juda qiziqarli o'tdi. "Paxtakor"ga ancha muammo tug'dira oldik, deb o'ylayman. Puxta tayyorgarlik ko'rganimiz bilindi. G'alabaga teng durang qayd etdik. 

- Bunday raqiblar bilan o'yinda ishtiyoq hamma narsani hal qilyaptimi?

- Har bir jamoada murabbiy katta rolni o'ynaydi. Superliga grandlaridan ochko olishda davom etmoqdamiz. SHunga yarasha ishtiyoq ham baland. Kerakli natijani qo'lga kiritishga harakat qilmoqdamiz. 

- "Paxtakor" bilan ikki uchrashuvda ham durang o'ynadinglar. Nima, deb o'ylaysiz "Olimpik" qaysi murabbiy boshchiligidagi "Paxtakor"ni yuta olardi?

- Hozir jamoani kuchli yoki kuchsizga ajratadigan payt emas. Har bir murabbiyning qarashlari o'zgacha. 

- "Jar" stadioni qayta tamirdan chiqarildi. "Olimpik" mazkur arenada 2ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yangi maydondagi taassurotlar qanday?

- Maydon haqiqatdan ham zo'r holatda. Har bir maydon talablarga javob bersa, to'p tepish osonroq bo'lardi. Yurtimizda yana bir maydon ajoyib holatga kelganidan xursandman. 

- Golni Stefen Karri uslubida nishonlash g'oyasi qachon paydo bo'ldi?

- Uning o'yinlar yoqadi. Qolaversa, o'zim ham basketbolga qiziqaman. Aslida Osiyo Kubogida g'olib chiqib yuqoridagi rasmdagi kabi nishonlab, ijtimoiy tarmoqlarimga joylamoqchi edim. Nasib qilmagan ekan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика