So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Otabek G'ulomxo'jaev: "Tarixiy g'alaba orqali o'zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Tarixiy g'alaba orqali o'zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"

O'zbekiston OTJ Parij Olimpiadasiga yo'llanma olgani butun O'zbekistonning yutug'iga aylandi.

Bu mavzuda hammada turlicha fikrlar yangrayotgani bor gap. Biz esa yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan, o'z vaqtida mazkur yosh toifasidagi terma jamoani boshqargan Otabek G'ulomxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik. 

— Avvalambor, tarixiy g'alaba bilan barchani tabriklayman. O'zimda yo'q xursandchilik. Ichki hissiyotlarni tariflab berishim qiyin, chunki ozmi yoki ko'p bu terma jamoa bilan o'z vaqtida ishlaganman. O'ylaymanki, Yaponiya bilan o'yinda ham g'alaba qozonib vazifani oxiriga etkazib qo'yishadi. 

— Bu terma jamoa ochilganida birinchi murabbiy Dilshod Nuraliev edi. Keyin Usmon Toshev CAFAda qisqa vaqt boshqardi. O'sha vaqtda yig'ilgan terma jamoadan 60 foizi hozir saqlanib qolingan. Yoshlardan Abbos Fayzullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Abduqodir Husanov qo'shilishdi. Bu muvaffaqiyatda barcha murabbiylar, akademiyalarida tarbiyalagan ustozlarining hissasi bor. 

— O'zbekistonda etishib chiqayotgan har bir avlod yutuqlarga erishishini tilab qolaman. Bu boshlanishi. Olimpiadalarga chiqish davomli bo'lsin. Endi hozirgi avlodga kelsak, o'sha vaqtdayoq kuchli selekciya olib borilgan. "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" akademiyalarida yaxshi selekciya qilingan. Murabbiylar ko'ra bilib olib kelgan. Ikkinchidan mazkur avlodning o'zi omadli chiqdi. Yoshligidan poydevor mustahkam qo'yilgan. Ichki muhiti ham alo darajada. Bir-birini o'zaro hurmat qilishi, tarbiyasi muvaffaqiyatda katta rol o'ynadi. 

— Guruh bosqichida xotirjam edim. Ulardan ko'nglim to'q edi. So'nggi ikki o'yinda nafaqat men, balki hamma hayajonda o'tirdi. Saudiya Arabistoni bilan alohida hisob-kitob bor edi. Bu narsa 2019 yilda boshlangan. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan o'yinda bir kishi kam qolgandik. Keyin finalda mag'lubiyatga uchrashdi. Faqat bir narsadan xavotirda edim, yigitlar haddan tashqari alamga berilib ketishlari. Baribir qasos olishdi. Indoneziyaga qarshi uchrashuvda dastlab hisobni raqiblar ochishdi. Yaxshi ham VAR bor edi, chunki juda qiyin vaziyat edi. 1:0dan keyin menda g'alabaga shubha qolmadi. Murabbiylarning taktikasi, strategiyasi ish berdi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar orqali Indoneziyadan ikki bosh ustun o'ynashdi. 

— Yigitlar Parijgacha katta yo'lni bosib o'tishdi. Bunda ota-onasi, murabbiylariga, akademiyalarda tarbiyalagan oddiy tarbiyachi, oshpazgacha mehnati turibdi. Xalqning, o'zlarining yuzi yorug' bo'ldi. SHu pallada Diyor Rahimqulovni ham eslab o'tishni joiz deb bilaman. Diyorga bergan vadasini ustidan chiqishdi. Uning ruhi shod bo'lsin. Olimpiadaga chiqishda Diyorning ham hissasi bor. SHu yigitlar bilan birga ishlagan, shug'ullangan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика