So’nggi yangiliklar

09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  0 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  4 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1

Osiyo o'yinlari tarixi: CHusovitina ikkita oltin olgan, Iroda To'laganova chempion bo'lgan muvaffaqiyatli Pusan-2002 Yangiliklar

Osiyo o'yinlari tarixi: CHusovitina ikkita oltin olgan, Iroda To'laganova chempion bo'lgan muvaffaqiyatli Pusan-2002

23 sentyabr kuni Xitoyda XIX Osiyo o'yinlari start oladi.

Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Hisob bo'yicha XIV Osiyo o'yinlari 2002 yilning 29 sentyabr - 14 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo'lib o'tgan.

Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini 175 nafar sportchi 14 sport turi bo'yicha himoya qilgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoa azolari 15 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Umumiy hisobda esa 51 ta medalga ega chiqqanmiz.


Ushbu o'yinlar O'zbekiston sport delegaciyasi uchun eng muvaffaqiyatli Osiyo o'yinlaridan biri hisoblanadi. Delegaciyamiz o'yinlar yakuniga ko'ra medallar jamg'arish reytingida 5-o'rinni egallagan. 


Medallarimizni sport turlari kesimida oladigan bo'lsak natijalar quyidagicha bo'lgan:


O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (15 ta oltin):

1. Dilshod Mahmudov (boks)

2. O'tkirbek Haydarov (boks)

3. Ikrom Berdiev (boks)

4. Sergey Mixaylov (boks)

5. Rustam Saidov (boks)

6. Dilshod Mansurov (erkin kurash)

7. Artur Taymazov (erkin kurash)

8. Aleksey CHeglakov (yunon-rum kurashi)

9. Anton Ryaxov (eshkak eshish, K-1, 500 m)

10. Yuliya Borzova, Tatyana Levina, Antonina Moskalyova, Nadejda Pishulina (eshkak eshish, K-4, 500 m)

11. Ravil Nachaev (suzish, 50 metrga erkin)

12. Sergey Krushevskiy (velosport, shosse)

13. Iroda To'laganova (tennis)

14. Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi, tayanib sakrash)

15. Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi, erkin mashqlar)



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика