So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekiston Qatarni 6:0 hisobida mag'lub etdi! Yangiliklar

Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekiston Qatarni 6:0 hisobida mag'lub etdi!

Osiyo o'yinlarining 2-turidan o'rin olgan Qatar - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


90+2. O'yin tugadi. O'zbekiston Qatarni 6:0 hisobida taslim qildi va guruhda muddatdan avval birinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqishdi

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi

85. Qatarliklar hech bo'lmasa bitta gol urish uchun harakat qilishmoqda

78. O'zgarish. Qatar. Jasim Umar o'rniga Abdulrahmon Mustafo

76. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqovning o'rniga Jasurbek Yaxshiboev

Ikrom Aliboevning golini tomosha qiling: VIDEO

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bobur Abduxoliqov hisobni sharmandali holatga olib keldi - 0:6

71. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Hamdamovning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi, Abduxoliqov yaqin masofadan gol ura olmadi

65. O'zgarish. Qatar. Ahmad Hesaba o'rniga Xatim Hassanin tushdi

61. O'zgarish. O'zbekiston. Zabihillo O'rinboev o'rniga Bobur Abduxoliqov tushdi

55. O'zgarish. O'zbekiston. Abbos Otaxonov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Masharipovning o'zi 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 0:5.

53. PENALTI! Masharipovni darvozabon yiqitgani uchun.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAVOHIR SIDIQOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! O'rinboevning to'p uzatishidan keyin Sidiqov bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 0:4.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTONBEK HAMDAMOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 0:3. Sidiqovning to'p uzatishidan keyin Hamdamov raqib jarima maydoni ichiga kirib chap oyog'i bilan gol urdi.  

46. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Sidiqov boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

46. O'zgarish. Qatar. Omar Alemadi o'rniga Xazem SHexata tushdi


45+2. Birinchi taym tugadi. 

45. Xavfli vaziyat! Dostonbek Hamdamov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, O'rinboev to'pga eta olmadi

43. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! ALIBOEEEEEEEEEEEV! Jarima to'pidan Ikrom Aliboev ajoyib tarzda foydalandi - 0:2!

41. Sariq kartochkasi bor Tariq Salmon Aliboevga nisbatan xavfli o'ynadi, hakam uni ayadi

37. Odil Hamrobekov jarima maydoniga yaqinlashib to'pni Zabihilloga uzatdi, O'rinboev chap oyog'i bilan gol urdi - 0:1.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZABIHILLOOOOOOOOOOOOOOOOO O'RINBOEEEEEEEEEEEEV!

36. UXX! Sidiqov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam simulyaciya deb topildi

31. Xavfli vaziyat! Lekin Ikrom Aliboev o'yindan tashqari holatda deb topildi

21. Xavfli vaziyat. Raqiblar Zabihilloni jarima maydoni yonida yiqitishdi. ZARBAAA! Masharipovning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi

19. Xavfli vaziyat. Qatarliklar jarima to'piga ega bo'lishdi, oshirilgan to'pni Rustam Ashurmatov boshi bilan qaytarib yubordi.

17. Ogohlantirish. Tariq Salmon

10. ZARBAAA! Ikrom Aliboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini darvozabon egallab oldi.

8.ZARBA! Komilov chap qanotda faol o'ynadi, O'rinboev to'p uchun kurashdi, Sidiqovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi

6. Botirali Ergashev hozir jarima maydonini tark etib boshi bilan to'pni qaytardi

1.Xavfli vaziyat! Sidiqovning oshirgan to'pini Hamdamov orqaroqdagi sherigiga oshirdi, Hamrobekovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

1. O'YIN BOSHLANDI

- Endi O'zbekiston davlat madhiyasiga

- Dastlab Qatar davlat madhiyasi

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 




Qatar - O'zbekiston 0:6 LIVE
Hakamlar: 
Kim Da Yong (J.Koreya), Kang Dong Xo (J.Koreya), Aung Moe (Myanma), Bin SHukri Suxaizi (Malayziya)

Gollar: Zabihillo O'rinboev 37, - 0:1. Ikrom Aliboev 43, - 0:2. Dostonbek Hamdamov 47, - 0:3. Javohir Sidiqov 49, - 0:4. Jaloliddin Masharipov 54 penalti, - 0:5. Bobur Abduxoliqov 74, - 0:6.

Qatar: 21.Marvan Badreldin, 2.Tariq Salmon, 4.Omar Alemadi (16.Xazem SHexata, 46), 5.Tamim Al Muhaza, 6.Ahmad Hesaba (8.Xatim Hassanin, 65), 9.Meshal Al SHamari, 11.Nosir Al Nasr, 12.Jasim Umar (17.Abdulrahmon Mustafo, 78), 13.Meshal Faraj, 14.Ahmad Al Saadi, 15.Odil Al Ahmad
Zaxira: 1.Muhammad Ibrohim, 10.Saud Ishbax, 18.Salah Al Yahri, 7.Xolid Mazid, 3.Ilyos Muhammad, 22.Muhammad Al Bakri

O'zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 5.Abbos Otaxonov (16.Doniyor Narzullaev, 55), 20.Doston Tursunov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 14.Ikrom Aliboev, 7.Odil Hamrobekov, 17.Doston Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasurbek Yaxshiboev, 76), 6.Jaloliddin Masharipov, 9.Zabihillo O'rinboev (11.Bobur Abduxoliqov, 60)

Zaxira: 3.Xojiakbar Alijonov, 12.Rahimjon Davronov, 13.Islom Qobilov, 15.Azizbek Turg'unboev, 18.Xurshid G'iyosov, 19.Andrey Sidorov


Reyting: +231   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика