So’nggi yangiliklar

22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  1 22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  66 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  73 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik davom etmoqda

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston (U-23) terma jamoasi Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Kecha ushbu terma jamoamiz “Paxtakor” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Terma jamoa tarkibida gollarni Igor Sergeev bilan Vladimir Kozak urgan bo'lsa, “paxtakorchilar”dan Bahodir Pardaev va Anvar Soliev gol muallifi bo'lishdi.

Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz o'tgan kundan boshlab Toshkentda navbatdagi yig'inni boshladi va 4 sentyabr kuni Iordaniya, 8 sentyabrda Yangi Zelandiya bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlariga hozirlik ko'rishga kirishdi.

Katta ehtimol bilan Iordaniyaga qarshi bahsda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkib maydonga tushadi. Yangi Zelandiya bilan esa milliy terma jamoamiz o'ynaydi va bunda legionerlar ham bo'ladi. Bizga malum bo'lishicha, Mirjalol Qosimov mazkur o'rtoqlik o'yinlariga 34 nafar futbolchini taklif etgan.

Terma jamoamiz Osiyo o'yinlarida qatnashish uchun 11 sentyabr kuni Inchonga jo'nab ketadi. Yakuniy ro'yxatdan 21 nafar futbolchi joy oladi. Bilasiz, bu musobaqada yoshi 23dan katta uch nafar futbolchi ishtirok etish huquqiga ega. Bizning terma jamoada shu uch futbolchi “Lokomotiv” azolari - Farhod Tojiev, Islom To'xtaxo'jaev va Fozil Musaev bo'lishadi, agar so'nggi pallada ro'yxat o'zgarib qolmasa.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика