Osiyo Kubogidagi shov-shuv: Eron terma jamoasining 5 nafar futbolchisi policiya yordamida qochib ketdi
09 mar 20:41
Yangiliklar
Osiyo Kubogidagi shov-shuv: Eron terma jamoasining 5 nafar futbolchisi policiya yordamida qochib ketdi
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni Eron guruh bosqichining so'nggi o'yinida Filippin terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, "A" guruhida so'nggi o'rinni egallagan holda musobaqani tark etgan edi.
Avvalroq Eron davlat televideniesi boshlovchisi Muhammad Rizo Shahboziy Osiyo Kubogi o'yinlarining birida milliy madhiyani kuylamagan futbolchi qizlarni keskin tanqid qilgan edi:
"Urush vaqtida xoinlarga nisbatan qattiqqo'lroq munosabatda bo'lish kerak."
Ushbu bayonotdan so'ng futbolchilarning kasaba uyushmasi hisoblangan "FIFPro" tashkiloti FIFA va Osiyo futbol konfederaciyasidan (OFK) qizlarning xavfsizligini kafolatlashni so'ragandi.
"The Athletic" tafsilotlari va policiya yordami:
Nashrning xabar berishicha, 5 nafar futbolchiga mehmonxonani tark etishda mahalliy policiya yaqindan yordam bergan. Ushbu sportchilar dushanba kungi jamoaviy kechki ovqatda ishtirok etishmagan va ayni paytda Avstraliya federal policiyasi nazorati ostidagi maxsus boshpanada xavfsizlikda saqlanmoqda.
Ayni paytda FIFA, OFK va Avstraliya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan Eron ayollar terma jamoasining mamlakatda qolish muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Hozircha butun jamoa uchun qaytish reysi band qilinmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Уларни бўлинишини сабаби пайғамбаримиз вафотидан кейинги ворис ким бўлиши бўлган, лекин каментлардаги келишмовчиликни сабабини тушуниш қийин.