So’nggi yangiliklar

20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  98 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  2 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  15 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  9 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  8 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  16 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  12 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   255 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  13 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  23 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3

Osiyo Kubogi. Milliy terma jamoamiz Melburnda mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Milliy terma jamoamiz Melburnda mashg'ulot o'tkazdi

Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Melburn shahriga etib keldi.
Odatga ko'ra terma jamoamiz bugun o'zining navbatdagi mashg'ulotini "SS Anderson Oval"da o'tkazdi. Bir soatcha davom etgan mashg'ulotda Xitoy bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilardan hech kim qatnashmadi. Bilasiz, kechagi o'yinda bosh jamoamiz 1:0 hisobida oldinda borayotib, keyinchalik 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Bundan esa muxlislarning tabi xira bo'lgani aniq. Endi bo'lsa bor umid Saudliya Arabistonga qrashi kechadigan haql qiluvchi o'yindan.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bugungi mashg'ulotni kecha asosiy tarkibda maydonga tushmagan futbolchilar bilan olib bordi. Bunda kechagi uchrashuvda zaxiradan tushgan uch nafar futbolchi - Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Rashidov va Jasur Hasanov ham ishtirok etishdi. Asosiy tarkib o'yinchilari esa tiklanish mashqlarini bajarishdi va ular bilan SHuhrat Maqsudov qoldi.

Ikki darvozabon - Eldor Suyunov bilan Akbar To'raevni odatdagidek Pyotr Gizimchuk shug'ullantirdi. Yigitlarning kayfiyatini judayam tushkun deb bo'lmaydi. Hamma Saudiya Arabistoni bilan bo'ladigan "hayot-mamot jangi"ga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Bugun ertalab biz Brisbendan yo'lga chiqib, tushdan so'ng Melburnga kelib qo'ndik va "Pullman" mehmonxonasiga joylashdik. Biz joylashgan mehmonxonadan stadiongacha yo'l unchalik uzoq emas: nari borsa 4 km. masofada ekan. Ertaga stadionga borib, u erdagi sharoitlar bilan tanishib chiqamiz.

Murod Rizaev, "SA" uchun maxsus.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика