So’nggi yangiliklar

13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:15Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  0 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  4 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  5 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0

Osiyo Kubogi. Alberto Zakkeroni: "Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik" Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Alberto Zakkeroni: "Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik"

Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan BAA - Bahrayn uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ishtirok etishdi.

BAA ustozi Alberto Zakkeroni va jamoa sardori Ismoil Matar jurnalistlar savollariga javob qaytardi.



"Biz bu musobaqani sabrsizlik bilan kutdik. Ajoyib natija qayd etish uchun bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.

BAA terma jamoasi musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Biz o'z uyimizda ham, xorijda ham yig'inlar o'tkazdik. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida hech qanday muammoga duch kelmadik.

Bazi futbolchilar jarohat olishdi. Biroq bu jihatlar musobaqa davomida bizga tasir qilmaydi deb umid qilaman. Bahraynga qarshi bahsda ijobiy natija qo'lga kiritishga intilamiz.

Osiyo terma jamoalari so'nggi yillarda kuchayishdi. BAAdagi musobaqada jamoalarning imkoniyatlari teng. CHempion juda kichik detallar tufayli aniqlanishiga ishonchim komil", - deydi Alberto Zakkeroni.




"Osiyo Kubogidagi barcha jamoalar chempion bo'lishga teng imkoniyatga ega. Sababi ularning barchasi kuchli. 1996 yilgi Osiyo Kubogidagi natijamizdan (finaldagi mag'lubiyat - tahririyat) yaxshiroq ishtirok etishga urinamiz. Bahrayn bilan bahsga tayyormiz", - deydi BAA sardori Ismoil Matar.  


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика