So’nggi yangiliklar

09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  1 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  5 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0

Osiyo kubogi-2019. Qura tashlandi: Raqiblarimiz Yaponiya, Ummon va Turkmaniston Yangiliklar

Osiyo kubogi-2019. Qura tashlandi: Raqiblarimiz Yaponiya, Ummon va Turkmaniston

Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

OFK tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etadi. OFK butun Osiyo bo'ylab muxlislar qiziqishini oshirish maqsadida ishtirokchi davlatlar sonini 16tadan 24taga etkazdi. Jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha

BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Xitoy
Suriya
O'zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg'iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha
KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston

Tadbir Toshkent vaqti 20:30da start oladi.



Ayni paytda Dubayda bo'lib turgan Umid Ahmadjonov saytimizga eksklyuziv intervyu berdi. Umid Ahmadjonov: "Guruhimizga kuchli raqiblar tushishini xohlayman" 


Bugungi qura tashlash marosimida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik Server Jeparov intervyu bermoqda


Dastlab BAA madaniyatini ko'rsatuvchi raqs namoyish etildi. Ayni paytda Osiyo Kubogi-2019 tashkiliy qo'mita rahbari nutq so'zlamoqda. 

Endi OFK prezidenti SHayx Salmon Bin Ibrohim Al Halifa yig'ilganlarga murojaat qilmoqda. Ilk bor Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etishi yana bir bor takrorlab o'tildi. Ilk bor qita chempionati BAAda bo'lib o'tadi. Barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.


Osiyo Kubogi-2019da yarim finalda mag'lub bo'lgan jamoalar 1 million, finalda yutqazgan jamoa 3 million va chempion jamoaga 5 million AQSH dollari mukofot puli topshiriladi.

2019 yilgi Osiyo Kubogi g'olib bo'lgan jamoaga mutlaqo yangi kubok topshiriladi. Londonda tayyorlangan kubokni BAA terma jamoasi sobiq yulduzi, 1996 yilgi Osiyo Kubogi to'purari Zubayr Bahit qura tashlanayotgan zalga olib keldi. 


Osiyo Kubogi-2019ning rasmiy to'pi "Molten" deb nomlanadi.




Musobaqa maskotlari rasmiy to'p bilan birga


Server Jeparov O'zbekistonning guruhiga kim tushishi mumkinligi haqidagi savolga shunday javob berdi: 1-savatchadan Yaponiya tushsa kerak.


DIQQAT QUR'A TASHLASH BOSHLANDI!

A guruhi - BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn

B guruhi - Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya

C guruhi - Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg'iziston, Filippin

D guruhi - Eron, Iroq, Vetnam, Yaman 

E guruhi - Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR 

F guruhi - Yaponiya, O'ZBEKISTON, Ummon, Turkmaniston

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика