So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  0 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Osiyo kubogi-2019 g'olibi: "O'zbekiston tarkibi kuchayib bormoqda. Misol, yaqindagina "Siti"ga o'tgan yosh yigitcha" Yangiliklar

Osiyo kubogi-2019 g'olibi: "O'zbekiston tarkibi kuchayib bormoqda. Misol, yaqindagina "Siti"ga o'tgan yosh yigitcha"

Qatar terma jamoasini Osiyo chempionligiga etaklgan va hozirgi kunda "Al Sadd" jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches Bas saytimizga kichik intervyu berdi.

Feliks Sanches Bas "Al Sadd" bilan birga Elit OCHL 8-tur doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun, Toshkentga etib kelganidan xabaringiz bor. Kuni kecha ikki jamoa murabbiylari ishtirokidagi o'yindan oldingi rasmiy matbuot anjumanlari tashkil etildi. "Al Sadd" jamoasi bosh murabbiyi va futbolchisining ishtirokidagi matbuot anjumanida yakunlanganidan so'ng saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov ispaniyalik mutaxassisga savol bilan yuzlandi. 


- Janob Feliks, siz Qatar terma jamoasini 2017-2022 yillar davomida boshqargansiz va mamlakat futbolining rivojiga katta hissa qo'shgan shaxs hisoblanasiz. Hozirgi kunda davom etayotgan JCH-2026 saralash bosqichida bor-yo'g'i 4ta bahs qoldi. Saralash bosqichidagi Qatar terma jamoasining ishtiroki haqida fikr bildirib o'tsangiz? Qatar terma jamoasining mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hozir Qatar biroz qiyin holatda. So'nggi vaqtda qayd etilgan natijalardan so'ng Qatarning to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'l olishi masalasi qiyinlashdi. Mening fikrimcha, terma jamoamiz ancha kuchli tarkibga ega, biroq guruhdagi raqiblarimiz ham jiddiy jamoalar. Oldinda to'rtta bahs bor va biz ushbu o'yinlarda imkon qadar ko'proq ochkolar to'plashimiz kerak. Avvalroq aytib o'tganimdek, hozirgi holatda to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishimiz mushkul. Pley-off bosqichi orqali maqsadga erishish ancha osonroq deb tuyulmoqda.

Hozirgi Qatar ancha kuchli va ajoyib futbolchilarga ega. So'nggi Osiyo Kubogi bunga isbot bo'la oladi, ammo har doim ham JCHga chiqaverish oson emas.

- Iyun oyida O'zbekiston va Qatar terma jamoalari yana bir bor to'qnash kelishadi. O'zbekiston oxirgi ikki o'yinda Qatarga mag'lub bo'ldi. Saralash bosqichining so'nggi bahsidan nimalar kutyapsiz?

- Ushbu bahs ikki terma jamoa uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi va bu bahs qanday katta ahamiyatga ega ekanligi haqida gapirishim shart emas. Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi, axir. Qatarda tarkib kuchli, O'zbekistonda ham. So'nggi yillarda O'zbekiston terma jamoasi kuchayib bormoqda va mamlakatingiz qanday futbolchilarga ega ekanligi namoyon bo'lib kelmoqda, ayniqsa iqtidorli yoshlar. Masalan, yaqindagina "Manchester Siti" safiga borib qo'shilgan himoyachingiz. Umumiy xulosam, ikki jamoa ham qiyin bahs bo'lsa kerak. 



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика