So’nggi yangiliklar

12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  1 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили"  13

Osiyo Kubogi-2015. Avstraliya terma jamoasining mashhur futbolchilari Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Avstraliya terma jamoasining mashhur futbolchilari

Bugun etiboringizga 2015 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi turnirining mezboni hisoblangan Avstraliya terma jamoasining etakchi futbolchilari haqida malumot beramiz.

Darvozabonlar:

Metyu Devid Rayan (1992 yil 8 aprel) - Belgiya chempionatining ayni damdagi etakchisi bo'lib turgan "Bryugge"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Rayan bu mavsumda o'z klubining Belgiya pro-ligasidagi 20ta uchrashuvning barchasida maydonga tushdi va o'z darvozasidan 21 marta to'p olib chiqdi. 20 o'yinda 21ta gol bu juda yaxshi natija emas, ammo yomon deb ham bo'lmaydi. Metyu o'z jamoasining Evropa ligasidagi o'yinlarida ham darvozani ishonchli qo'riqlamoqda. U guruh bosqichining 6 uchrashuvida 2ta gol o'tkazib yuborgan.


Mitchell Langerak (1988 yil 22 avgust) - Dortmundning "Borussiya" jamoasi o'yinlarida asta-sekin asosiy darvozabon hisoblangan Roman Vaydenfellerni zaxira futbolchisiga aylantirib qo'ymoqda. Langerak bundesligada 4ta, ECHLda esa 1ta uchrashuvda ishtirok etdi. Darvozabon bu o'yinlarda 7 marotaba darvozasidan to'p olib chiqqan.


Himoyachilar:

Jeyson Devidson (1991 yil 29 iyun) - dunyodagi eng kuchli chempionati hisoblanuvchi Angliya Premer-ligasining "Vest Bromvich" klubi himoyachisi. U jamoasining bor-yo'g'i ikki uchrashuvida maydonga tushgan.


Kris Xerd (1989 yil 4 aprel) ham Premer-liga klubi bo'lgan "Aston Villa" futbolchisi hisoblanadi. Ammo u bu mavsumda birmingemliklarning birorta ham o'yinida ishtirok etmagan. Aslida yarim himoyachi bo'lgan bu futbolchi, Avstraliya terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun bergan qaydnomasida himoyachi sifatida ko'rsatilgan.

Yarim himoyachilar:

Mayl Edinak (1984 yil 3 avgust) - "Kristal Pelas"ning etakchi futbolchilaridan biri. Edinak bu mavsumda 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 bora raqib darvozabonini ranjitishga ulgurgan. U bo'yi uzunligi tufayli ikkinchi qavatda va kuchli zarbaga egaligi uchun jarima to'plarida xavfli hisoblanadi. Mayl 16ta o'yinda 3ta sariq va 1ta qizil kartochka olishga ulgurgan.


Mark Breshiano (1980 yil 11 fevral) - "Empoli", "Parma", "Palermo", "Lacio" kabi klublarda to'p tepgan va hozirda Qatarning "Al-Garafa" klubi yarim himoyachisi hisoblanadi. 34 yoshli futbolchi bu mavsumda Qatar yulduzlar ligasida 15 marta maydonga tushib, bir marotaba gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Tommi Oar (1991 yil 10 dekabr) - Gollandiya chempionati "Utrext" klubi futbolchisi hisoblanadi. U Avstraliya terma jamoasining 21ta uchrashuvida maydonga tushgan va bir marotaba raqib darvozasini aniq nishonga olgan. Oar bu mavsumda "Utrext" tarkibida 12 marta Gollandiya chempionati uchrashuvlarida ishtirok etib, hozirgacha birorta gol urishga muvaffaq bulgani yo'q. U Gollandiya klubida hujumchi hisoblanadi, ammo Avstraliya terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun taqdim etgan qaydnomasida yarim himoyachi sifatida belgilangan.


Hujumchilar:

Tim Keyxill (1979 yil 6 dekabr) - Avstraliya terma jamoasining eng kuchli va eng mashhur futbolchisidir. Hozirda MLSning "Nyu-York Red Bullz" klubida to'p tepayotgan Keyxill, o'z faoliyati davomida "Milvol", "Everton" jamoalarida o'ynashga ulgurgan. Tim Keyxill "Everton"da o'zining yulduzli davrini o'tkazadi. 35 yoshli futbolchi kuchli zarbaga ega va bo'yi 178 sm bo'lishiga qaramay, ikkinchi qavatda xar qanday raqibga munosib qarshilik ko'rsata oladi. Tim milliy terma jamoada hozirgacha 76ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etiib, 36ta gol urishga erishgan.


Robbi Kruz (1988 yil 5 oktyabr) - 2013 yildan beri Leverkuzenning "Bayer" futbolchisi hisoblanadi. Kruz Avstraliya terma jamoasining 32 o'yinida qatnashgan va 3 marotaba gol urishga muvaffaq bo'lgan. 26 yoshli futbolchi bu mavsumda Germaniya chempionatining 4 uchrashuvida maydonga tushgan va ularning hech birida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymagan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика