So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  153 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

Osiyo Kubogi-2007 g'olibi: "O'zbekistonning imkoniyatlari yuqoriroq" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2007 g'olibi: "O'zbekistonning imkoniyatlari yuqoriroq"

Iroq terma jamoasi bilan 2007 yilgi Osiyo kubogini qo'lga kiritgan Jorvan Vieyra BAA - O'zbekiston uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mening fikrimcha O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari yuqoriroq. Bu mening shaxsiy fikrim. O'yin O'zbekiston uchun safarda bo'layotgani terma jamoa uchun asosiy muammo bo'lsa kerak. Timur Kapadze juda yaxshi murabbiy, u shu vaqtga qadar yaxshi tajriba ham orttirdi. Olimpiya terma jamoasini bir necha yillar davomida boshqardi. Timur uzoq yillar davomida terma jamoada o'ynagan va o'zi ham professional futbolchi bo'lgan. Bu esa juda muhim jihat deb o'ylayman, ayniqsa kiyinish xonasini nazorat qilish va boshqa masalalarda ushbu jihat katta rol o'ynaydi. Bosh murabbiy sobiq futbolchi bo'lsa, u kiyinish xonasini nazorat qila oladi. Kapadze O'zbekistonni JCHga olib chiqishga eng loyiq murabbiy deb o'ylayman.

To'g'ri BAA terma jamoasi ham bosh murabbiyini o'zgartirdi va bugungi uchrashuvda g'alaba qozonish ularga juda kerakli. Kosmin Olariu juda tajribali murabbiy. U Xitoyda va Arab mamlakatlarda ishlagan. Olariuni qattiq hurmat qilaman. BAA tarkibi ham yaxshi kuchaydi, braziliyalik bir nechta futbolchilar mahalliylashtirildi" - deya fikr bildirdi Jorvan Vieyra bugungi uchrashuv haqida.



Iroq bilan Osiyoni zabt etgan, islom dinini qabul qilgan, tibbiyotdan futbolga o'tgan yoxud "Al Sib"ni kim boshqarmoqda?


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика