So’nggi yangiliklar

15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  4 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  4 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  71 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  2 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  1

Osiyo chempioni bo'lgan Ravshan Haydarovning finaldan keyingi fikrlari Yangiliklar

Osiyo chempioni bo'lgan Ravshan Haydarovning finaldan keyingi fikrlari

O'zbekiston U-23 terma jamoasini chempion qilgan Ravshan Haydarov Vetnam bilan bo'lgan finaldan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun yangi tarix yaratdik, bu O'zbekiston futboli va mamlakatimiz uchun juda katta g'alabalardan biri. Ushbu sovrin kelajak uchun anchagina foydali bo'lishi aniq. Bu yigitlar terma jamoamiz kelajagi hisoblanadi. So'nggi yillarda biz sovrinlar yuta olmayotgandik. Bugungi g'alaba juda muhim edi.

Final uchrashuvida yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Juda og'ir o'tgan bahsda futbolchilar borlarini berishdi. Ushbu musobaqada ko'rsatgan o'yinimiz tufayli bugungi sovringa haqli edik. Bu televizor orqali o'yinni tomosha qilgan oilalarimiz, do'stlarimiz va butun o'zbek xalqining g'alabasi!

Ushbu jamoani ikki yildan ortiqroq vaqt davomida bilaman. Ko'plab yigitlar Yangi Zelandiyadagi U-20 Jahon chempionatida ham qatnashib kelishgan. Ularda tajriba bor. Yigitlarni ushbu musobaqada g'olib bo'lishlariga ishontira oldim. Har kuni ularni buni aytib bordim.

Vetnam juda yaxshi jamoa, kuchli himoyaga ega. Ushbu musobaqada ular ajoyib futbol ko'rsatishdi. Biz raqibni o'rganib chiqdik va finalda shunga monand o'ynadik. Vetnamni hurmat qilamiz, ularni ajoyib kelajak kutmoqda. Ushbu terma jamoada kuchli avlod etishib chiqdi", - deydi Osiyo chempioni Ravshan Haydarov OFK rasmiy saytiga.

Reyting: +158   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика