Osimxen "Yuventus"ni rad etdi. APLning 2 ta klubi uni transfer qilmoqchi
22 may 17:50
Yangiliklar
Osimxen "Yuventus"ni rad etdi. APLning 2 ta klubi uni transfer qilmoqchi
Viktor Osimxenning "Yuventus"ga rad javobini berishi ortidan "Arsenal" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi kurashga yo'l ochildi.
Italiyaning "Il Mattino" nashri xabariga ko'ra, joriy mavsum "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynagan va barcha musobaqalarda 36 ta gol urgan 26 yoshli hujumchi Turin klubiga o'tishni rejalashtirmayapti.
Nigeriyalik futbolchining "Napoli" bilan shartnomasida tovon puli 75 mln evroni tashkil etadi. Shartnoma yana bir yilga amal qiladi, klub uni 2027 yilgacha uzaytirish imkoniyatiga ega. Biroq "Napoli" bu summani to'lashga tayyor jamoani topishda qiynalishi mumkin.
"Arsenal" nigeriyalik futbolchini "Sporting" hujumchisi Viktor Gyokereshga muqobil deb bilmoqda. "Manchester Yunayted" esa "Vulverxempton" futbolchisi Mateus Kunya va "Ipsvich"dan Liam Delapni ko'zlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar