Osimxen: "Xvicha – zo'r yigit. Ishonamanki, u yaqin yillarda "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi"
07 mar 2023 16:06
Yangiliklar
Osimxen: "Xvicha – zo'r yigit. Ishonamanki, u yaqin yillarda "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi"
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen jamoadoshi Xvicha Kvaracxeliyaning o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Xvicha – zo'r yigit, buni bir ko'rishdayoq anglagandim. Kiyinish xonasidagi hamma uni nafaqat maydonda qilayotgan ishlari, balki stadiondan tashqaridagi harakatlari uchun ham yaxshi ko'radi. Ishonamanki, yaqin yillarda u "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi. SHuningdek, u "Napoli"ni katta muvaffaqiyatlar sari etaklashiga umid qilaman", – dedi Osimxen.
Xvicha Kvaracxeliya "Napoli"ga 2022 yilning iyulida Batumining "Dinamo"sidan kelib qo'shilgandi. 2022/23 yilgi mavsumda 22 yoshli gruziyalik neapolliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar