So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  13 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  8 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'sayotgan Superliga, bitta epizod ortidan mashhurlik va futbol agentlari faoliyati haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

O'sayotgan Superliga, bitta epizod ortidan mashhurlik va futbol agentlari faoliyati haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Atrofda bizni kuzatishayapti, qo'shni davlatlarda, Osiyoda, xatto Evropaning bazi nuqtalarida.

O'shanda Diyor Imomxo'jaev haq edi, hozirgi Superligamiz avvalgilaridan ko'ra darajasi nazdidan anchayin o'sdi. Bunga sabab bo'lgan eng muhim faktorlardan biri, albatta translyaciya. Har bir tur uchrashuvlari jonli efirga olib chiqilayapti, avvallari siz va biz faqat Toshkentdagi yoki markaziy maqomdagi o'yinlarni televidenie orqali ko'ra olardik xolos. Maydonga tushgan futbolchi ham o'zini atrofda minglab insonlar kuzatayotgani his qilib turibdi va harakatlarini shunga monand moslashtirayapti. Hech bir o'yinni qiziq emas deb bo'lmaydi, istalgan turning istalgan o'yini muxlislar etiborida. Bitta o'yinda gol urgan yoki biron epizodda o'zini ko'rsatgan futbolchi bor-ki, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning keng etiboriga sabab bo'layapti. Masalan, bir oz muddat davomida "Neftchi" muxlislariga yoqmay turgan legioner futbolchi Toma Tabatadze "Nasaf"ga qarshi o'yindagi faolligi uchun endi unga boshqacha ko'z bilan qaralayapti. Toma "Navbahor" yoki boshqa klubga o'tishi haqidagi norasmiy xabarlar chiqsa, muxlislar bu xolatni keskin fikrlar bilan bilan qarshi olishayapti. "Andijon" legioneri Rubin Xebay aynan bizning Superliga orqali shu qadar mashhur bo'lib ketdi-ki, deyarli har kuni futbolga oid platformalarda uning mavzusidan biron xabar chiqmagan kun yo'q.

Rivojlanayotganimizga sabab bo'layotgan omillardan yana biri futbol maydonlarining tobora chiroy ochib borayotgani. Bunda translyaciya ham talab darajasida bo'ladi, futbolga oid nashrlarning ham muxlislarga taqdim etgan surat yoki videolarining sifati yaxshi chiqadi. Avvallari bizda sifatli maydonlar kam edi, deyarli shudgor ko'rinishini beradigan stadionlarda o'ynalgan futbollarni ham ko'rganmiz. O'sish va o'zgarishlar futbol muxlislarini yana stadionlarga qaytardi, bu boradagi statistikalarga ko'zi tushgan kishi xursand bo'lishi tabiiy.

Bundan tashqari, futbol klublarining o'zlari ham professionallik tomon intila boshlashdi, media segmenti ham o'sdi, hozirgi muxlislarni ancha-muncha video roliklar orqali hayron qoldira olmaysiz. Masalan, avvallari yangi futbolchi tanishtiruvini bitta rasm bilan elon qilsa yarashaverdi, hozirchi? Hozirgi kunga kelib o'sha mashhur xorij klublaridagi kabi tanishtiruvlarnr ko'rayapmiz, bularning barchasi milliy chempionatlarimizni professionallik sari etaklaydi.

Yana Nodirxo'ja Yuldashev ham haq, o'zbek futbolida agentlar va agentliklarning rivojlanishi milliy chempionatlarimizning faqat va faqat o'sishiga xizmat qiladi. Bunda futbolchilar xorijdan agentlarni izlab yurmaydi, aksincha agentlarning o'zi ularni topadi. Har kim o'z ishining rivojini istaydi, o'zi bilan shartnoma tuzgan futbolchini nomdor chempionatlarga taklif eta olishi uchun izlanadi, natija ko'rsatishga harakat qiladi. Masalan, yosh himoyachi Abduqodir Husanovni ECHLda o'ynaydigan "Lans"ga transferini uddalay olayotgan agentliklarimiz paydo bo'layotgan bo'lsa, bu barchamizning yutug'imiz. Ushbu transfer ortidan davomiyligi ham yuzaga keladi, bora-bora Evropaning kuchli beshlik chempionatlarini ham zabt etamiz va kuni kelib bu odatiy xolga aylanib qoladi. Eldor SHomurodov o'sha mashhur Italiya "A" seriyasida o'ynadi, o'ynayapti, mumkin ekanku mana.

Birgina epizod qadri haqida, Garet Beylni bilasizu, o'sha maydon tashqarisidan yugurib Bartrani ortda qoldirib ketgan vaziyat hali-xamon futbol muxlislarining muhokamalariga sabab bo'lib keladi. To'g'ri, keyinchalik Beylning darajasi tushib ketdi, biroq, o'sha o'yindan so'ng? uning transfer narxi sotib olinganidan anchayin ko'tarilib ketgandi. Eng baland narxda ham sotib olishni istagan klublar bo'lgan, biroq o'shanda "Real" rahbariyati Uels terma jamoasi sardoriga oid har qanday takliflarni ko'rib chiqmagandi. Superligamiz rivojlanayotgan ekan, har bir o'yin yoki vaziyat muxlislarning keng etiboriga sabab bo'layotgan bo'lsa, endilikda futbol klublarida ishlab kelayotgan sport direktorlari ham tuzilayotgan shartnomalarning har bir bandida hushyorlikni yo'qotmasliklari kerak. Masalan, siz kutmagan, etibor va nazaringizdan chetga qolgan futbolchi bitta o'yin yoki birgina epizod orqali mashhur bo'lib ketishi hech gapmas.

Ana unda o'sha futbolchiga atrofda "sovchi"lar ko'payib qoladi, siz tuzgan shartnoma mukammal bo'lmasa, shunchaki tekinga qo'yib yuborib, hech vaqosiz qolaverasiz.

Bekzod Tolibov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика