So’nggi yangiliklar

10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  2 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  11 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  2 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  19 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  1

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiya yoshlar termasiga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiya yoshlar termasiga imkoniyatni boy berdi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining rossiyalik tengdoshlariga qarshi o'yini nihoyasiga etdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston U-20 — Rossiya U-20 0:2  

"Jar" stadioni. 12:00

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Akobir SHukurullaev

Nazoratchi: Kostantin Smirnov

Komissar: Adelya Kurmaeva

Gollar: Ivan Zazvonkin 15', Pavel Maleshin penalti 77'

O'zbekiston U-20: 12.Asrorbek Kenjaev, 2.Izzatullo Po'latov,  4.Abubakir Ashurov (14.Abbos Fayzullaev, 46), 6.Jahongir O'rozov, 8.Behruzbek Asqarov (s), 9.SHahzodjon Nematjonov (23.Asad Jo'raboev, 46), 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (11.SHahriyor Jabborov, 46), 18.Saidafzalxon Axrorov (20.Mahmud Mahamadjonov, 68), 19.SHahzod Akramov (10.Umid Sultonov, 68), 22.SHerzod Esanov

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 21.Otabek Boymurodov, 5.Javohir O'tamurodov, 13.Aziz Xolmurodov, 16.SHahzod Rahmatullaev, 24.Mahmud Jo'raboev, 25.Muzaffar Mo'minov 

Rossiya U-20: 1.Daniil Xudyakov, 2.Yuriy Koledin, 3.Matvey Lukin, 4.Ilya Kirsh, 5.Artyom Beskibalniy (14.Stanislav Bessmertniy, 87), 6.Ivan Pyatkin (s) (16.Ruslan CHobanov, 56), 7.Ivan Zazvonkin (17.Kirill Nikishin, 46), 8.Daniil Zorin, 9.Pavel Maleshin, 10.Ilya Rodionov, 11.Igor Dmitriev

Zaxira: 12.Bogdan Moskvichev

Ogohlantirishlar: SHahzodjon Nematjonov (14), Abubakir Ashurov (40), Matvey Lukin (42), Izzatullo Po'latov (45+2), Behruzbek Asqarov (74), Daniil Zorin (90), Daniil Xudyakov (90+2)


Bahs yakuniga etdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

90+2. Daniil Xudyakov vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shildi. 

90. Daniil Zorin qoidani buzgani bois ogohlantirildi. 

87. Rossiyada o'zgarish: Artyom Beskibalniy o'rniga Stanislav Bessmertniy uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

85. Umid Sultonovning zarbasi juda kuchsiz va noaniq chiqdi. 

77. GOL! Pavel Maleshin penaltidan to'p kiritib, hisobni oshirdi – 0:2!

76. Izzatullo Po'latov jarima maydonchasi ichida Igor Dmitrievni yiqitgani uchun penalti belgilandi. 

74. Behruzbek Asqarov qoidani buzgani bois hakam tomonidan ogohlantirildi. 

68. O'zbekistonda 2 ta o'zgarish: Saidafzalxon Axrorov o'z o'rnini Mahmud Mahamadjonovga, SHahzod Akramov esa o'z o'rnini Umid Sultonovga bo'shatib berdi.

67. Zarba! SHahzod Akramov raqiblarni aldab o'tib, zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi, qaytgan to'p Jabborovga kelayotganda rossiyalik himoyachi unga to'sqinlik qildi.

56. Rossiyada o'zgarish: Ivan Pyatkin o'rniga Ruslan CHobanov maydonga tushdi. 

55. SHahzod Akramovning yaqin masofadan bergan zarbasini rossiyaliklar posboni bartaraf etdi.

50. Igor Dmitrievning zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. Hayriyatki, to'rning tashqi tomoni sari yo'l oldi. 

46. Rossiyada almashtirish: Ivan Zazvonkin o'rniga Kirill Nikishin o'yinni davom ettiradi.

46. O'zbekistonda 3 ta o'zgarish: Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga SHahriyor Jabborov, Abubakir Ashurov o'rniga Abbos Fayzullaev, SHahzodjon Nematjonov o'rniga Asad Jo'raboev o'yinga qo'shildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. Izzatullo Po'latov qoidani buzgani uchun ogohlantirish oldi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Matvey Lukin qo'pollik ko'rsatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

40. Abubakir Ashurov qoidani buzgani bois sariq kartochka oldi.

38. O'zbekistonlik yoshlar olis masofadan birin-ketin zarbalar yo'llashmoqda. Bu gal Ashurovning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

15. GOL! Rossiya hisobni ochdi! Ivan Zazvonkinning tepgan to'pi rikoshet orqali darvoza to'ridan joy oldi – 0:1!

14. SHahzodjon Nematjonov qo'pollik ishlatgani bois ogohlantirildi. 

1. Uchrashuvga start berildi!

 - Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.


Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика