So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

“Ordabasi” muxlislari: “O'zbekistondan ko'p narsani o'rganishimiz kerak. “Ikkinchi darajali” xorijlik futbolchilardan ko'ra, qo'shni davlatlardan o'yinchilarni olib kelgan maqul” Yangiliklar

“Ordabasi” muxlislari: “O'zbekistondan ko'p narsani o'rganishimiz kerak. “Ikkinchi darajali” xorijlik futbolchilardan ko'ra, qo'shni davlatlardan o'yinchilarni olib kelgan maqul”

“Championat.Asia” muxbiri Nikolay Egorichev “Texas Fans” (Qayrat, Jenis, Sapar) deb nomlangan "Ordabasi" muxlislar vakillari bilan suhbatlashdi. Ular CHimkent klubining UEFA CHempionlar ligasidagi ilk o'yini va O'zbekiston vakillarining o'tgan yilgi chempionatda qanchalik katta iz qoldirgani haqida so'z yuritdi.

"UEFA CHempionlar ligasida kuchsiz jamoa yo'q. SHu bois, ojiz jamoa duch kelishini kutmasligingiz kerak. Raqib nomalum bo'lsa ham, "Petrokub" bilan o'yinda bo'lgani kabi kurash olib borishi mumkin. Moldovaliklarning o'yinlari menga yoqdi: yaxshi, ishonchli himoya, yaxshi hujum qilishdi.

Bizga hujumchi etishmadi. Islomxan va Tag'ibergen, nazarimda, bir taym o'ynab bera oladigan futbolchilar sirasiga kiradi. Ularning 90 daqiqa yuqori saviyada o'ynashga kuchlari etmaydi. Agar jamoa ikkinchi o'yinda xarakter namoyish eta olsa, keyingi bosqichga yo'l olishimiz mumkin. CHimkentda futbolni yaxshi ko'rishadi, lekin bu erda faqat yaxshi futbolchi bo'lishning o'zi kifoya emas - o'yinchida xarakter va ruh ham bo'lishi kerak. Futbolchilarda vijdon bo'lsa, muxlislar oldida uyatga qolmasliklari uchun borini berishlari kerak.

Biz chimkentliklar o'zbek futbolchilarini juda yaxshi ko'ramiz. O'tgan yili Abdixoliqov va Umarov chempion bo'lishimizga yordam berishdi. Umarov, umuman olganda, mahalliy jamoatchilikning yoqimtoylaridan biriga aylangan. U texnik jihatdan mohir va to'p uchun kurashdan qo'rqmaydi. Yaxshiboev joriy mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Uzoq mamlakatlardagi tushunarsiz “ikkinchi darajali” xorijlik futbolchilardan ko'ra, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistondan futbolchilarni olib kelgan maqul, deb hisoblayman. Sizlardan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p: O'zbekistonda futbol infratuzilmasi yaxshi rivojlangan, futbolga etibor yuqoriroq, yoshlarning rivojlanishi ham yaxshi bosqichda.

"Ordabasi"ning o'tgan yilgi chempion bo'lgan tarkibi hozirgi jamoadan ancha kuchli edi. Bizda barqarorlik etishmaydi, bu asosiy muammolardan biri sanaladi. To'g'ri, o'tgan yili jamoani Ulug'bek Asanbaev shakllantirganini inobatga olish lozim. "Ordabasi" muxlislaridan unga salom yo'llamoqchiman. U hozir O'zbekistonda ishlayotganidan xabarimiz bor. U chinakam futbol odami.

Afsuski, bazi ko'rolmaslar tufayli u klubimizni tark etishga majbur bo'ldi. Menimcha, bu rahbariyatning katta xatosi. Aynan Asanbaev chempion tarkibni yig'di, vaholanki, mavsum boshlanishidan oldin jamoada atigi 7-8 kishi qolgan edi. Keyin Asanbaevdan yordam so'rashdi va u yuqori sifatga ega jamoa yig'di. Qolaversa, mavsum boshida chempionlik haqida umuman gap-so'z bo'lmagandi: avvaliga shunchaki quyi ligaga tushib ketmaslik, Premer-ligada jon saqlab qolish reja qilingandi, asta-sekin yuqori va yuqoriga ko'tarilish haqida o'ylay boshlandi. Aynan Asanbaevga o'xshaganlarni futbolga jalb qilish kerak", dedi “Texas Fans” ishqibozlar guruhi vakillari.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика