So’nggi yangiliklar

12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   0 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  3 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  6 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  22 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3

“Oq-tepa”ning maqsadi aniq: oliy ligaga chiqish! (foto) Yangiliklar

“Oq-tepa”ning maqsadi aniq: oliy ligaga chiqish! (foto)

Bugun birinchi liga vakili “Oq-tepa” futbol klubi yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Marosim ikki qismdan iborat bo'ldi. Dastlab “Oq-tepa” futbol klubi prezidenti maslahatchisi G'anisher SHog'ulomov, klub vice-prezidenti Ulug'bek Alimov hamda jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Keyin esa klub safiga shu yil kelib qo'shilgan Alisher SHog'ulomov, Sobir Usmonxo'jaev va Xurshid Yo'ldoshev bilan o'ziga xos suhbat o'tkazildi. Tadbir davomida bir masalaga oydinlik kiritildi, yani klub rahbariyatida faoliyat yuritayotgan G'anisher SHog'ulomov gapni lo'nda qilib “Oq-tepa”ning maqsadi oliy ligaga chiqish dedi.

“Jamoamiz 2000 yilda tashkil topgan. 2006 yildan beri birinchi ligada ishtirok etib kelyapmiz. Bu yil o'z oldimizga birmuncha jiddiy vazifalarni qo'ydik. Eng asosiy maqsadimiz oliy ligaga chiqish hisoblanadi. O'ylaymanki, shu vazifani uddalay oladigan tarkibni yig'a oldik. SHuningdek, jamoa boshqaruviga barchangizga yaxshi tanish Aleksandr Mochinovni taklif qildik. Mochinov bilan bu vazifani uddalashimizga ishonaman”, - deydi G'anisher Islomovich.

O'tgan yil “Bunyodkor” o'rinbosarlari bilan yoshlar ligasida g'olib chiqqan Aleksandr Mochinov yana “Oq-tepa”ga qaytdi. “Meni bu erda iliq kutib olishdi, - deydi Aleksandr Vladimirovich. – Xabaringiz bor, murabbiylik faoliyatimni ilk bor shu klubda boshlaganman. Mana endi oradan birmuncha vaqt o'tib yana shu erga qaytdim. Bu yil oliy ligaga chiqish uchun bor kuch bilan harakat qilamiz”.

-   Aleksandr Vladimirovich, “Bunyodkor”dan ketish siz uchun qiyin bo'lmadimi?

-   Albatta, oson bo'lmadi. Lekin “Oq-tepa”dan jiddiy chaqiruv bo'lgach, obdon o'ylab ko'rib qaytishga qaror qildim. CHunki o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan klubda ishlashni har bir murabbiy xohlaydi.

-   Hozirgi tarkibdan ko'nglingiz to'qmi?
-   Menimcha, hech bir murabbiy tarkibdan ko'nglim to'q demasa kerak. Albatta, kamchiliklar bor va yil davomida shu kamchiliklarni yo'qotishga harakat qilamiz.

Jamoa tarkibiga yangi mavsum arafasida kelib qo'shilgan futbolchilarning ham niyati ulkan. Jumladan, Sobir Usmonxo'jaev bu borada shunday deydi: “Oq-tepa”dan taklif tushgach, ko'p o'ylab o'tirmay rozi bo'ldim. CHunki jamoaning rejalaridan xabarim bor edi. Qolaversa, o'zim ham Toshkentda to'p tepishni istadim.

O'tgan mavsumni “Guliston”da o'tkazgan Alisher SHog'ulomov ham joriy chempionatni “Oq-tepa”da o'tkazadigan bo'ldi. Alisher SHog'ulomov klub rahbariyatida ishlayotgan G'anisher SHog'ulomovning o'g'li. Xo'sh, otasi boshqarayotgan klubda o'ynash unga bosim bo'lmaydimi?

“Dadamning futbolga qiziqishi juda yuqori, - deydi yarim himoyachi. – Lekin hech qachon o'g'lim asosiy tarkibda o'ynasin deb murabbiylarga gapirmagan. Hammasiga o'z mehnatim bilan erishib kelyapman. Maydonda nomlar emas, o'ycinchilar harakat qiladi. Agar o'yinim qovushmasa, murabbiy shartta zaxiraga o'tkazib qo'yishi hech gap emas. Bu mavsumni “Bunyodkor”da boshlashim ham mumkin edi, hatto Dubaydagi yig'inga ham borib keldim. Lekin Mirjalol Qosimov bilan gaplashganimda ketmoqchiligimni malum qildim. To'g'risi, “Bunyodkor”da o'ynab ketishga ko'zim etmadi. Keyin Baxtiyor Ashurmatov meni “Navbahor”ga chaqirdi, ammo vodiyga borishni o'zim istamadim. Oxiri o'z oldiga jiddiy maqsadni qo'yayotgan “Oq-tepa”ga o'tdim”.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика