So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

"Oq-tepa" jamoasiga ispaniyalik mutaxassis kelmoqda Yangiliklar

"Oq-tepa" jamoasiga ispaniyalik mutaxassis kelmoqda

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Oq-tepa" jamoasi yana bir yangi loyihaga qo'l urdi.

Ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli "Oq-tepa" jamoasida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshlashi kutilmoqda. U o'zining katta tajribasi bilan jamoa rahbari Alisher SHog'ulomovga bevosita yaqindan ko'maklashadi va maslahat, tavsiyalarini berib boradi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad nafaqat klubni yangi darajaga olib chiqish, balki Pro liga nufuzini ham kuchaytirishdir. Bunday loyiha Pro liga tarixida ilk marotaba amalga oshirilayotganini ham aytib o'tish joiz.

Malumot o'rnida Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qitaning kuchli to'rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo'shgan.

Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo'lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019 yilda UEFA Pro licenziyasini qo'lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo'l ostida amaliyot o'tagan. Uning akasi Andres Mariangeli hozirda Valter Pandiani bilan BAA ikkinchi ligasi vakili "Dibba FK" jamoasida ish olib bormoqda.

Serxio Mariangeli kelayotgan haftada yurtimizga tashrif buyuradi va "Oq-tepa" klubida ish boshlaydi.




Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика