"Omoniya" darvozaboni: "Men "Yunayted"ning ashaddiy muxlisiman"
14 okt 2022 15:46
Yangiliklar
"Omoniya" darvozaboni: "Men "Yunayted"ning ashaddiy muxlisiman"
"Omoniya" darvozaboni Frensis Uzoxo Evropa Ligasi doirasidagi MYU bilan o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
U "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilishini takidladi.
"Yo'q, men xafa emasman, chunki biz ajoyib o'yin o'tkazdik", – dedi Uzoho "BT Sport" telekanaliga bergan intervyusida.
"Albatta, hech bo'lmaganda bir ochko olishni afzal ko'rgan bo'lardim, lekin baribir baxtiyorman! Bunday stadionda bu toifadagi o'yinchilarga qarshi o'ynash oson emas, hammasidan qoniqdim.
Ha, men "Yunayted"ning ashaddiy muxlisiman! Orzum amalga oshdi.. Bu erda o'ynashni uzoq vaqtdan beri orzu qilardim, qura natijalarini ko'rib, "Old Trafford"ga borishimizni anglaganimda, maydonda bo'lishni juda xohladim. Men o'ynash imkoniyatini olish uchun Xudoga ibodat qildim va bunga erishdim! SHuning uchun men hozir baxtliman!", – dedi Uzoxo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar