So’nggi yangiliklar

11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5

"Olmaliq": Birinchi davra yakunlari Yangiliklar

"Olmaliq": Birinchi davra yakunlari

Joriy mavsumda O'zbekiston milliy chempionatida o'ninchi marta ishtirok etayotgan jamoamizning birinchi davrada qayd etgan natijalarini qoniqarli deyish mumkin.

“Olmaliq” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabida mavsum arafasida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Jamoaga rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi. Yangi mavsumga hozirlik 2016 yilning dekabridan boshlab yuborildi. Jamoa azolari dastlab Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi. Keyingi ikki yig'in Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tdi.

Jamoa murabbiylar shtabi bilan birgalikda ko'pgina futbolchilar ham jamoani tark etishdi. Tarkib deyarli 90%ga yangilandi. “Olmaliq”ning xorijiy yig'inlari rejalashtirilganidek o'tdi. Bir ko'rinishda jamoa mavsumga shay holatda edi. Afsuski, bu dastlabki turlarda o'z natijasini bermadi. Dastlabki 4 turda 1 ochko jamg'argan jamoamiz turnir jadvalida so'nggi pog'onani band etishi ko'pchilikni hayron qoldirdi. 4-turda Toshkentda “Lokomotiv”dan yirik 0:5 hisobida engilgan jamoamiz keyinchalik iroda namoyish eta olishdi. Joriy mavsumning dastlabki oyida qayd etilgan manfiy ko'rsatkichlar o'rnini tez orada ijobiy natijalar egallay boshladi.

Birinchi davra yakuniga ko'ra jamoamiz 24 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinni band etishgan. Bunga jamoa azolari hamjihatlikda va tinimsiz mashg'ulotlar o'tkazish orqali erishishdi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. To'g'ri jamoa bu mavsumda raqib darvozasiga juda kam gol urmoqda. Biroq ular o'z darvozalari daxlsizligi borasida ham yaxshi ko'rsatkichga egalar. “Olmaliq” chempionatning oxirgi 11 o'yinida o'z darvozasidan 2ta to'p olib chiqdi. Raqiblar darvozasi esa 10 marta ishg'ol etildi.

Jamoaning shu kunga qadar mag'lubiyatsi seriyasi 7 o'yindan iborat edi. Hozirda bu ko'rsatkich 11 o'yinga etdi. Umid qilamizki, ikkinchi davrada bu natija yanada yaxshilanadi. SHuningdek, “Olmaliq” joriy mavsumda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan yagona jamoa bo'lib turibdi. 7 o'yinda 4 g'alaba, 3 durang, to'plar nisbati 6-0.

Jamoa sharafini o'tkazilgan 15 uchrashuvda 20 futbolchi himoya qildi. Futbolchilarning umumiy statistikasi esa quyidagicha:

Oliy liga 2017. “Olmaliq” futbolchilari statistikasi

#

Futbolchi

Amp.

Tug'ilgan
sanasi

O'yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

55

Rahmatullo Berdimurodov

Him.

24.10.1987

15

1350

1

3

0

17

Kamoliddin Murzoev

Huj.

17.02.1987

15

1210

2

3

0

2

Abduqahhor Hojiakbarov

Him.

18.07.1989

15

1287

0

2

0

19

Islom Inomov

Him.

30.05.1984

14

1260

1

5

0

88

Igor Yelich

YA.him.

28.12.1989

14

1260

2

4

0

18

SHavkat Mullajonov

Him.

18.01.1986

14

1260

1

1

1

5

Dilshod Jo'raev

YA.him.

21.04.1992

13

1169

1

4

0

90

Vladislav Kasminin

Him.

17.01.1990

13

1170

2

3

0

8

SHota Grigalashvili

YA.him.

21.06.1986

11

566

0

2

0

10

SHohnazar Norbekov

YA.him.

18.07.1994

11

571

0

2

0

9

Zabihillo O'rinboev

Huj.

30.03.1995

11

382

1

0

0

46

Xurshid Xodjaev

Dar.

14.02.1988

11

990

0

1

0

7

Alibobo Rahmatullaev

YA.him.

08.02.1991

10

206

0

0

0

15

Farhod Musabekov

YA.him.

03.01.1994

9

631

0

0

0

11

Viktor Klishin

Huj.

15.12.1982

7

45

0

0

0

21

G'ulom-Haydar G'ulomov

YA.him.

21.12.1990

6

391

0

1

0

77

Muhammad Isaev

YA.him.

01.09.1994

5

294

0

2

0

94

Xurshid Muxtorov

Him.

09.02.1994

5

390

0

0

0

45

Akbar To'raev

Dar.

27.08.1989

4

360

0

0

0

33

Doniyor Usmonov

Huj.

07.06.1994

4

58

0

0

0

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика