So’nggi yangiliklar

12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  7 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  15 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  8 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  25

Oliy ligada tur yakunlari. 16-turda 16ta gol Yangiliklar

Oliy ligada tur yakunlari. 16-turda 16ta gol

Teglar :  oliy liga16-tur
5-7 avgust kunlari Oliy ligada 16-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Yakunlarga to'xtalishdan oldin 16-tur natijalarini yana bir karra yodga olib o'tsak. 

"Obod" - "Navbahor" 0:2

"Dinamo" - "Metallurg" 0:3 

"Neftchi" - "SHo'rtan" 1:1 

"Olmaliq" - "Buxoro" 1:1 

"So'g'diyona" - "Bunyodkor" 0:0 

"Qizilqum" - "Paxtakor" 1:1 

"Nasaf" - "Qo'qon-1912" 3:0 

"Lokomotiv" - "Mashal" 1:1


Sakkiz o'yindan beshtasi durang

Bu turda o'tkazilgan sakkizta uchrashuvdan beshtasi durang natija bilan yakun topdi. Darvozalarga jami 16ta gol urildi: 7ta mezbonlar, 9ta mehmonlar tomonidan. Kuchli to'rtlik deb nom olgan jamoalardan faqat "Nasaf" g'alaba qozondi. "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv" esa bu turda durang bilan kifoyalanishdi. 

16-turda beshta jamoa o'z raqibi darvozasiga to'p kirita olmadi. Bular - "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Dinamo", "So'g'diyona" va "Obod". "Bunyodkor" jamoaga Mirjalol Qosimov bosh murabbiy bo'lganidan beri oliy ligada ikkinchi bor to'p kirita olmadi. Birinchisi, "SHo'rtan" - "Bunyodkor" (1:0) bahsida ro'y bergandi. Bundan tashqari, "Qo'qon-1912" ham safar o'yinlarida ikkinchi marta gol ura olmadi. Birinchisi, 15-turda "Olmaliq" bilan o'yinda sodir bo'lgandi. 

Amalga oshirilmagan to'rt penalti 

Bu turda to'rt futbolchi penaltidan unumli foydalana olmadi. Bular - Hikmat Hoshimov ("Metallurg"), Muzaffar Muzaffarov ("Neftchi"), Igor Yelich ("Olmaliq") va Tiago Bezerra ("Paxtakor").


16-turda gol urgan futbolchilar

"Lokomotiv" - Sadriddin Abdullaev 

"Nasaf" - SHarof Muhiddinov, Dragan CHeran, Igor Golban

"Qo'qon-1912" - hech kim 

"Olmaliq" - SHota Grigalashvili 

"Paxtakor" - Suhrob Nurullaev

"Buxoro" - Ivan Nagaev

"Metallurg" - Murod Toshmatov, Zohid Abdullaev (2)

"Bunyodkor" - hech kim

"Navbahor" - Azam Aliev, Abbos Maxsitaliev 

"Mashal" - Abdulloh Olimov

"Qizilqum" - Otabek Zokirov

"Dinamo" - hech kim

"So'g'diyona" - hech kim

"SHo'rtan" - Laziz Ubaydullaev

"Neftchi" - Mo'ydin Mamazulunov

"Obod" - hech kim


Bir o'yinda 9ta sariq kartochka 

Eng ko'p sariq kartochka "Dinamo" - "Metallurg" bahsida ko'rsatildi. O'yinni boshqarib borgan SHerzod Qosimov jami 9 futbolchini ogohlantirdi. U "Dinamo"ning to'rt, "Metallurg"ning besh futbolchisini sariq kartochka bilan "siyladi". 

Ravshan Ermatovda eng yuqori ball

"Olmaliq" - "Buxoro" bahsini boshqarib borgan Ravshan Ermatov hakamlar nazoratchisi Sardor Najafaliev tomonidan 9,0 ballga loyiq ko'rildi. SHuningdek, bu o'yinda Ermatovga yordam bergan Abdulhamid Rasulov, Jahongir Saidov va Rustam Lutfulinlar ham 9,0 ball olishdi. Aytgancha, 1:1 hisobida yakuniga etgan o'yinda Ermatov jami 7ta sariq kartochka ko'rsatdi.


16-turga oid qiziqarli faktlar

- "Lokomotiv" o'z maydonida ilk marta ochko yo'qotdi. Jamoa bungacha 8ta o'yinning hammasida g'olib bo'lgandi. 

- "Mashal" "Lokomotiv"ga safarda gol urgan uchinchi jamoa bo'ldi. Bungacha faqat "Nasaf" bilan "Metallurg" bu ishning uddasidan chiqqandi. 

- Bu turda "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzening debyuti o'xshamadi. Agar o'zi bilan olib kelgan futbolchi Bezerra penaltidan gol urganida "Paxtakor" Navoiydan g'alaba bilan qaytishi ham mumkin edi. 

- "Navbahor" nihoyat sakkizta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga "Obod" bilan bahsda chek qo'ydi. 

- "SHo'rtan" mavsum boshidan beri birinchi marta durang o'ynadi, g'uzorliklar "Neftchi" bilan 1:1 qayd etishdi. 

- Vadim Abramov "Neftchi" bosh murabbiyi bo'lganidan beri jamoa hali g'alaba qzongani yo'q: ikki durang, ikki mag'lubiyat. 

- Ivan Nagaevning goli "Olmaliq"ning o'z maydonida gol o'tkazmaslik seriyasiga barham berdi. 

- "Obod" oliy ligada ketma-ket beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa birinchi davrani qatorasiga to'rt mag'lubiyat bilan tugatgandi.


X.Xoliqov


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика