So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  5 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Oliy liga. "Paxtakor" - "Lester" 0:1 Yangiliklar

Oliy liga. "Paxtakor" - "Lester" 0:1

Teglar :  DinamoPaxtakor
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi boshlandi.

17-daqiqada uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat sodir etildi. Javohir Qahramonov boshlagan hujumni Sardor Sulaymonov jarima maydoni ichidan zarba bilan davom ettirdi, uning zarbasini Botirali Ergashev qaytardi!

44-daqiqada Igor Sergeevda qulay imkoniyat bo'lgandi, biroq raqib himoyachilari hujumni qaytarishdi. Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida Andreev to'pni yon chiziqdan tashlab berdi, Azimjon Ahmedov boshi bilan to'pni darvoza tomon burib yubordi, Sergeev to'xtatmasdan darvozaga zarba berdi, Mixail Naumov to'pni qaytardi!

60-daqiqada Karimovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sergeev darvozaga yo'lladi, noaniq chiqdi zarba. 69-daqiqada Iskanderovning to'p uzatishidan keyin Sergeev deyarli birga bir vaziyatga chiqib kuchli zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

79-daqiqada SHoxrux Xolmatovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Keyingi daqiqada Javohir Qahramonovning pasiga Abdumalik Abdullaev eta olmadi.

89-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Radu Rogak boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 0:1. Bahsning 90+2-daqiqasida Sergeevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

O'yin mana shu hisobda yakuniga etdi va "Dinamo" ketma-ket uchinchi turda ham g'alabaga erishdi.


"PAXTAKOR" - "DINAMO" 0:1
Hakamlar
: Olim Tolibjonov (Toshkent), Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgasboy Sarsenov (Nukus).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).
Gol: Radu Rogak 89, - 0:1
"Paxtakor": Botirali Ergashev, Vladimir Kozak, Adnan Oraxovac, Yurica Bulyat, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev (Kamoliddin Tojiev, 79), Azimjon Ahmedov, Stanislav Andreev (SHerzod Karimov, 54), Suhrob Nurullaev (Jasurbek Hakimov, 69), Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev (s)
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Oston O'runov, Xojiakbar Alijonov, Xushnudbek Avilov

"Dinamo": Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (s), Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Javohir Qahramonov, SHoxrux Xolmatov, Damir Nizanov (Radu Rogak, 66), Orif Mamajonov (Abdumalik Abdullaev, 74), Abdujamol Isroilov
Zaxira: Rustam Toshturdiev, Hakimjon Alamxonov, Asomiddin Mamatov, Amirjon Safarov, Komil SHarofiddinov

Ogohlantirishlar: SHoxrux Xolmatov 75, Azimjon Ahmedov 84, Davron Hoshimov 85.


Reyting: +131   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика