So’nggi yangiliklar

23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  5 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1

Oliy liga. Bugun "Bunyodkor" - "So'g'diyona" va boshqa o'yinlar bo'ladi Yangiliklar

Oliy liga. Bugun "Bunyodkor" - "So'g'diyona" va boshqa o'yinlar bo'ladi

Bugun oliy liganing 1-turidan o'rin olgan yana beshta o'yin bo'lib o'tadi.

Kuning ilk uchrashuvi Qo'qonda boshlanadi. No'mon Hasanov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf"ni qabul qiladi. Mezbonlar tarkibni ancha kuchaytirib olishgan, "ajdarlar" tarkibi esa bir necha yillardan buyon bir maromda yaxshi o'ynab kelmoqda. Demak, qiziqarli bahs guvohi bo'lishimiz aniq.

Farg'onaning "Neftchi" klubi mavsumni G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ikkala jamoa ham yangi mavsumda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ymoqda. Vodiydagi yana bir bahs Namaganda o'tadi. O'z tarkibini bir qator tajribali futbolchilar bilan to'ldirib olgan Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor" Toshkentning "Obod" klubini qabul qiladi.

O'tgan yil mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlangan "Buxoro" 13-o'rinni olgan "Olmaliq" bilan bellashadi. Qizig'i ikkala jamoada ham yangi murabbiylar shtabi ish boshlagan va tarkib ham anchagina o'zgarib ketgan.

Nihoyat dastlabki turni Toshkentdagi "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlab beradi. OCHLda ishi yurishmayotgan "qaldirg'ochlar" muxlislar oldidagi aybini oliy ligada yuvishga harakat qilishi aniq. Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona" esa har yili etakchilarini yo'qotsa ham yangi futbolchilar bilan bir tekisda o'yin ko'rsatishi bilan nom qozona olgan.

Uchrashuvlarni saytimiz orqali kuzatib boring.


Oliy liga. 1-tur

4 marta (shanba)
15:30 - Qo'qon-1912 - Nasaf
16:00 - SHo'rtan - Neftchi
16:00 - Navbahor - Obod
16:30 - Buxoro – Olmaliq
18:00 - Bunyodkor - So'g'diyona

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика