So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Oliy liga. 27-tur hakamlari haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Oliy liga. 27-tur hakamlari haqida nimalarni bilamiz?

3-4 noyabr kunlari oliy ligada 27-tur bahslari bo'lib o'tadi va navbatdagi tur uchrashuvlariga tayinlangan hakamlardan ko'pchilikning xabari bor.

Mavsum tugashiga kam vaqt qolmoqda. Yana to'rtta turdan so'ng bu yilgi chempionatimiz ham o'z yakuniga etadi. Oliy liga tugashi arafasida ham yuqori o'rinlar uchun, ham elitada qolish uchun kurash qizigandan qizimoqda. 

Biz ushbu turda bo'lib o'tadigan o'yinlarni boshqarib boradigan hakamlar haqida nimalarni bilamiz? Quyida ular haqida bazi statistik malumotlarni keltirib o'tamiz. 

3 noyabr. "Neftchi" - "Lokomotiv"
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin (Toshkent)

Ceytlin bu yil hisobidan shu paytgacha "Neftchi"ning beshta o'yinini boshqargan. Qizig'i, barcha o'yinlarni "Neftchi" safarda o'tkazib, ikki bor durang qayd etgan va uch marta mag'lub bo'lgan. Ceytlin bu mavsum birinchi bor Farg'onada hakamlik qiladi. Qolaversa, bu hakam hozirgacha "Lokomotiv"ning uchta o'yinida ishlagan va "temiryo'lchilar" birortasida ham g'alaba erisha olishmagan. Jamoa bir bor durang o'ynab, ikki marta mag'lubiyatga uchragan. 

Ceytlin boshqargan "Neftchi" o'yinlari: 
"SHo'rtan" - "Neftchi" 1:0 
"Buxoro" - "Neftchi" 3:0 
"Mashal" - "Neftchi" 2:2 
"Navbahor" - "Neftchi" 1:1
"Bunyodkor" - "Neftchi" 2:0 

Ceytlin boshqargan "Lokomotiv" o'yinlari: 
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:1 
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:0
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:1


3 noyabr. “So'g'diyona” – “Paxtakor”
Bosh hakam: Temur To'xtasinov (Andijon)

Andijonlik hakam Temur To'xtasinov bu yil hisobidan ikkinchi bor "So'g'diyona" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinni boshqaradi. Bu To'xtasinovning Jizzaxga ikkinchi safari bo'ladi. Birinchisida "So'g'diyona" o'z maydonida "Loko" bilan o'ynab, mag'lubiyatga uchragandi. Bundan tashqari, To'xtasinov "Paxtakor"ning safardagi bahsida ilk marta ishlaydi. Ushbu hakam Toshkentda bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Mashal" o'yinini boshqargan. 

To'xtasinov boshqargan "So'g'diyona" o'yini:
"So'g'diyona" - "Lokomotiv" 0:4 

To'xtasinov boshqargan "Paxtakor" o'yini: 
"Paxtakor" - "Mashal" 3:1


3 noyabr. “Bunyodkor” – “Navbahor”
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)

Ilgiz Tantashev birinchi marta "Navbahor"ning safardagi va uchinchi marta "Bunyodkor"ning uydagi o'yinida hakamlik qiladi. Bu hakam boshqargan ikki o'yinda "Bunyodkor" bir marta yutqazib qo'ygan va bir bor g'alabaga erishgan. SHuningdek, "Navbahor"ning Namanganda kechgan ikkita o'yinida ham maydonga egalari g'alaba qozonishgan. 

Tantashev boshqargan "Bunyodkor" o'yinlari:
"Bunyodkor" - "Qizilqum" 0:1 
"Bunyodkor" - "Olmaliq" 1:0 

Tantashev boshqargan "Navbahor" o'yinlari:
"Navbahor" - "SHo'rtan" 1:0 
"Navbahor" - "Paxtakor" 2:0


4 noyabr. “Olmaliq” – “SHo'rtan” 
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Zokir Qodirov bungacha "Olmaliq"ning bitta o'yinini boshqargan. Jamoa safarda "Lokomotiv"dan engilib qaytgan. Qodirov bu yil hisobidan birinchi bor Olmaliq shahriga boradi. Navoiylik hakam "SHo'rtan" ishtirokidagi ikkita bahsda ishlagan. G'uzorliklar bitta g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etishgan. 

Qodirov boshqargan "Olmaliq" o'yini: 
"Lokomotiv" - "Olmaliq" 5:0 

Qodirov boshqargan "SHo'rtan" o'yinlari:
"SHo'rtan" - "Dinamo" 1:0 
"Bunyodkor" - "SHo'rtan" 3:1 

4 noyabr. “Nasaf” – “Metallurg”
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

FIFA referisi Ravshan Ermatov hozircha "Nasaf"ning beshta o'yinini boshqargan va barcha uchrashuvlarni "Nasaf" safarda o'tkazgan. Mana shu o'yinlarning ikkitasida qarshiliklar zafar quchib, uch bor mag'lubiyatga uchrashgan. Ermatov "Metallurg"ning uchta o'yinida ishlagan. Uchala uchrashuv ham Bekobodda o'tkazilgan. Maydon egalari ikki bor yutib, bir marta yutqazib qo'yishgan. 

Ermatov boshqargan "Nasaf" o'yinlari: 
"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 1:2 
"Lokomotiv" - "Nasaf" 2:1 
"Metallurg" - "Nasaf" 1:0 
"Bunyodkor" - "Nasaf" 3:2 
"So'g'diyona" - "Nasaf" 0:3 

Ermatov boshqargan "Metallurg" o'yinlari: 
"Metallurg" - "SHo'rtan" 4:2
"Metallurg" - "Nasaf" 1:0 
"Metallurg" - "Mashal" 0:1


4 noyabr. “Qizilqum” – “Dinamo”
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev (Toshkent)

Oliy ligada qolish uchun kurashadagan jamoalarning o'zaro bahsi Hasan Ro'zievga ishonib topshirildi. Bu Ro'zievning Navoiyga uchinchi safari bo'ladi. "Qizilqum" bungacha Hasan Ro'ziev boshqargan ikita o'yinda ikki xil natija qayd etgan. Darvoqe, ushbu hakam "Dinamo" ishtirokidagi ikkita safar uchrashuvida ham hakamlik qilgan. "Dinamo" bitta mag'lubiyat va bitta durang qayd etishdan tashqari ikkala bellashuvda ham gol ura olmagan. 

Hasanov boshqargan "Qizilqum" o'yinlari: 
"Qizilqum" - "Buxoro" 0:1
"Qizilqum" - "Mashal" 2:0 

Hasanov boshqargan "Dinamo" o'yinlari: 
"Navbahor" - "Dinamo" 1:0 
"So'g'diyona" - "Dinamo" 0:0


4 noyabr. “Buxoro” – “Qo'qon-1912”
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)

Viktor Serazetdinov ham joriy mavsum hisobidan Buxoroga birinchi bor tashrif buyuradi. Serazetdinov bungacha buxoroliklarning ikkita safar uchrashuvida hakamlik qilgan. Qolaversa, toshkentlik hakam "Qo'qon-1912" ishtirokidagi bahsni ikkinchi bor boshqaradi. Birinchisida "Qo'qon-1912" safarda yirik hisobda mag'lub bo'lgan. 

Serazetdinov boshqargan "Buxoro" o'yinlari: 
"Dinamo" - "Buxoro" 3:1 
"SHo'rtan" - "Buxoro" 2:3

Serazetdinov boshqargan "Qo'qon-1912" o'yini:
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" 3:0 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика