Olimpiya zaxiralari kolleji maydoni futbol uchun qoladigan bo'ldi
18 mar 2019 17:15
Yangiliklar


Olimpiya zaxiralari kolleji maydoni futbol uchun qoladigan bo'ldi
Saytimizda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji qoshidagi tabiiy maydon yo'q bo'lishi arafasida turganligi haqida xabar bergan edik.
Mazkur xabar Sport vazirligi va kollej mutasaddilarini beetibor qoldirmadi. Bizga malum qilishlaricha maydon futbol uchun xizmat qilishda davom etadi. Aksincha, uni yanada yaxshi holatga keltirish uchun vaqtincha yopilgan. Aprel oyidan boshlab yana bolalar xizmatiga beriladi.
Yuqoridagi masalani ijobiy tomonga hal qilganligi uchun, Dilmurod Nabiev va kollej mutasaddilariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar