So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Olimpik" ishtirokidagi o'yin qoldirildi, "Paxtakor"ning o'yini boshqa sanaga o'zgardi Yangiliklar

"Olimpik" ishtirokidagi o'yin qoldirildi, "Paxtakor"ning o'yini boshqa sanaga o'zgardi

Ayni vaqtda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo'lib turibdi.

Ertaga — 3 may kuni jamoa U-23 Osiyo Kubogining final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi saf tortadi. 

Mazkur bellashuv oldidan Timur Kapadze Superliga 6-turidan o'rin olgan "Dinamo"ga qarshi bellashuvni qoldirishni so'radi. Terma jamoa azolari 4 may kuni tongda Toshkentga etib keladi. Liga termamizning ehtimoliy finalda to'p tepishini inobatga olib, "Olimpik" ishtirokidagi bellashuvni turning eng so'nggi kuni — 7 mayga belgilagan edi. SHunday bo'lsa-da, mavjud holat inobatga olinib, Liga Kapadzening taklifini  bu safar ham qanoatlantirishga qaror qildi. 

SHuningdek, 7 may kungi 1 ta o'yin qoldirilganidan kelib chiqib, o'sha uchrashuv uchun rejalashtirilgan texnika bilan "Paxtakor" – "Metallurg" uchrashuvi o'tkazilishi yuzasidan kelishildi. Yani, "Paxtakor" ishtirokidagi o'yin 6 may sanasidan 7 mayga ko'chirildi. 

Malumot uchun, O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo Kubogiga jo'nab ketishi oldidan Superliga 5-turidan o'rin olgan uch uchrashuv: "Nasaf" – "Navbahor", "Neftchi" – "Paxtakor", "Metallurg" – "Olimpik" bellashuvlari ham qoldirilgandi. Endilikda qoldirilgan bellashuvlar soni 4 tani tashkil etmoqda. Ularning qachon o'tkazilishi keyinroq malum qilinadi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика