So’nggi yangiliklar

23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  3 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  19 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2

O'limga o'xshaydi... Yangiliklar

O'limga o'xshaydi...

"Neftchi"ga qarshi uchrashuv "Paxtakor" uchun O'zbekiston chempionatlaridagi 606-g'alabaga aylanib ketdi.

O'yin taqdirini yana o'sha futbolchi hal qildi. Dastlabki taassurotlarning "aytishicha", Dragan qatorasiga 4-marta Superliga "snayperi"ga aylanib, o'z rekordni yaxshilab qo'yish uchun asosiy davogar bo'ladi. 

Samarqandda hisobni ochgan ham, Superkubokni "Paxtakor"ga olib bergan ham u edi. Etibor berilsa, Sergeev va Masharipov ketganidan keyin "sherlar"ning o'yini tamoman CHeranga bog'lanib qoldi. Gap hujumlarni boshlash yoki o'yin qurish haqidagina emas. Natijaga bevosita tasir qiladigan zarbalar ham aynan Draganga tegishli bo'lib qolyapti. Agar serbiyalik futbolchi 2021 yilgi mavsumda "Paxtakor"ga olib bergan ochkolar (17) hisobdan chiqarilsa,  "sherlar" musobaqa jadvalining 6-pog'onasiga tushib ketar edi.

Oxirgi 1 yilga etibor qaratsak, Dragan Superligada 8 (+ 2ta Superkubok) o'yin taqdirini yolg'iz o'zi hal qilgani ko'rinyapti. "Paxtakor" to'liq qurolsizlantirilishiga qaramay, raqib jamoa har gal CHeran qarshisida ojiz qolavergan. Xuddi o'limga chora topilmaganidek, Draganni to'xtatish ham imkonsiz edi o'sha o'yinlarda...

Futbolimiz tarixidagi eng yaxshi legionerlar haqida so'ralsa, ko'plar Rivaldo, Xolmatov yoki Gevorkyanni aytadi. Aslida bunga javoban bemalol Dragan CHeranni ko'rsatsa bo'ladi. 

FAKT:  

- Serbiyalik futbolchi so'nggi 3 yilda Termizning "Surxon" klubiga nisbatan ko'proq to'p kiritgan (62>61).

- U 2020 yilgi mavsumda "Buxoro", "Andijon", "Surxon" va "Qizilqum" jamoalarining to'liq tarkibidan ko'proq gol urgan edi.

- Dragan qatorasiga 3 marta O'zbekiston chempionati "bombardir"iga aylangan tarixdagi yagona futbolchi!

Bilasizmi, bu dunyoda o'lim va Dragan CHerandan qochish mutlaq imkonsiz. CHunki u qarshisiga chiqqan hammani jazolaydi. Futbolchi Superliganing barcha jamoalari (19) darvozasiga yo'l topa olgan (CHeran tepgan to'plardan eng ko'p aziyat chekkan klub — "Buxoro", 12 marta). 

3-turdagi "Olimpik" esa Dragan uchun 20-raqib hisoblanadi. Qiziqarli tomoni, agar CHeran 16 mart kuni Vladimir Nazarov darvozasini ishg'ol qilsa, bu serbiyalik futbolchi uchun O'zbekiston chempionatlaridagi yubiley 100-golga aylanadi.

"Yolg'iz posbon". "Navbahor" etakchisining siz bilmagan hikoyasi

Muallif :
Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика