Oliy liga. 5-tur oldidan mutaxassis fikri
11 apr 2014 14:46
Yangiliklar

Oliy liga. 5-tur oldidan mutaxassis fikri
Malumki bugun oliy liganing navbatdagi turiga start beriladi.
Ushbu turda muxlislarni bir-biridan qiziqarli o'yinlar kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan Toshkentda “Bunyodkor” – “Lokomotiv” hamda Qarshidagi “Nasaf” – “Neftchi” to'qnashuvi ko'pchilikning diqqat markazida turibdi.
Mazkur bo'lajak bahslar oldidan mutaxassislarning fikrlarini bilish maqsadida Bahrom Hakimovga murojaat qildik. Tajribali murabbiy 5-turdagi har bir qarama-qarshilik to'xtalib o'tdi.
5-tur
11 aprel (juma)
“Nasaf” – “Neftchi”
Aytish mumkinki, Qarshida mehmonlarga oson bo'lmaydi. Boz ustiga “Nasaf” o'tgan turda “Navbahor”dan mag'lubiyatga uchragan. SHu bois bugun faqat yutishga harakat qilishi aniq. “Neftchi” azolari va muxlislarini kamsitmagan xolda shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda “Nasaf” bu jamoadan har tomonlama kuchli. Bu gaplarni ilgari o'zim “Nasaf”da ishlaganim uchun aytayotganim yo'q. “Ajdarlar” 2-3 yildan buyon bir xil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. “Neftchi”da esa bu borada o'zgarishlar katta. Farg'onaliklarning o'tgan turda “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsini bevosita stadionda kuzatib qaytdim. Jamoa hali o'z o'yinini topib olmagani ko'rinib turibdi. “Nasaf”ning esa “Dinamo”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvini ko'rgandim. Bugun mezbonlar yutsa kerak. Yana kim biladi deysiz. SHaxsan men har ikkala jamoaga ham omad tilayman.
“Bunyodkor” – “Lokomotiv”
“Bunyodkor” bu yil ham chempionlik uchun kurashmoqda. Mirjalol Qosimov bundan buyon faqat terma jamoalarda ishlashi malum bo'lgach, “qaldirg'ochlar”ni endilikda kim boshqarayotganini bilmayman. Lekin jamoaning maqsadi chempionlikni qo'l kiritish bo'lishi aniq. Bu jamoa 3-turda o'z maydonida “Olmaliq” bilan durang qayd etib, qimmatli ikki ochko yo'qotgandi. Qolaversa “Bunyodkor”ning OCHLdagi ishtiroki ham to'xtadi. Endi jamoa asosiy etiborni milliy chempionatga qaratadi. Bugun “qaldirg'ochlar” ham faqat yutish uchun chiqadi.
“Lokomotiv” ham huddi bugungi raqibi singari o'z maydonida “Nasaf” bilan durang o'ynab ikki ochko yo'qotgandi. Lekin jamoani tajribali murabbiy boshqarmoqda. Vadim Abramov qanday taktika tanlashni biladi. Bugun “temiryo'lchilar” ham uch ochko uchun tushishi aniq. Buning uchun imkoniyat har ikki jamoada ham teng. SHuni aytishim mumkinki, bugun qaysidir jamoa g'alaba qozonadi. Durang bo'lmasa kerak.
12 aprel (shanba)
“Metallurg” – “Navbahor”
Ertangi o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak. SHanba kuni “Metallurg” yutmasa bo'lmaydi. Jamoa chemppionatning dastlabki 4 turida birorta ham ochko jamg'ara olmadi. SHu bois bekobodliklarga g'alaba suv va hovadek zarur. Agarda yana imkoniyat boy berilsa, turnir jadvalidagi o'rni yanada tang axvolda bo'lib qolishi aniq.
“Navbahor” esa o'tgan turda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchrata oldi. SHu bois namanganliklarning kayfiyati shunga monand bo'lishi turgan gap. Baxtiyor Ashurmatov qaysi raqibga qanday taktika tanlashni biladi. U ham kamida durang natijasi bilan qaytishni rejalashtirgan bo'lsa ajab emas. Bu o'yinda kimnidir imkoniyatini yuqori baholay olmayman. CHunki “Metallurg” ustozi Rustam Mirsodiqov o'rtog'im bo'lsa, Baxtiyor Ashurmatov shogirdimdir. SHu sababli ham ularning har biriga bo'lajak bahsda omad tilayman.
“So'g'diyona” – “Buxoro”
Jizzaxliklarda ahvol yaxshi emasligidan xabarim bor. Futbolchilar bilan hisob-kitob ishlari turganini bilaman. Davron Fayziev ilgari qo'l ostimda o'ynagani uchun u bilan telefon orqali bo'lsa ham gaplashib turamiz. Fayziev irodali yigit. Men unga ishonaman. Ertangi o'yinda uning jamoasiga omad tilayman. Agarda “So'g'diyona” g'alaba qozona olmasa ahvol yanada og'irlashadi. Buni menimcha jamoa azolari his etib turgan bo'lsa kerak.
“Andijon” – “Dinamo”
Andijonlik muxlislarni juda yaxshi bilaman. Talabchanligi bilan ajralib turadi. Ertaga ularga faqat yutuq kerak. Aks xolda keyin klubda qandaydir o'zgarishlar bo'lishi ham mumkin. Bu jamoa o'tgan turda “Olmaliq” maydonidan bir ochko bilan qaytganini bilamiz. Lekin ertaga ham oson bo'lmaydi. CHunki “Dinamo” ham osonlikcha “jon” bermaydi. Ravshan Haydarovning ham o'ziga yarasha futbolga qarashi va taktikasi bor. Samarqandliklar shu kunga qadar ikki o'yinda g'alaba qozonib ochkolarini ko'paytirib oldi. Lekin ertaga “Andijon”ga faqat va faqat g'alaba kerak bo'ladi.
“Paxtakor” – “Olmaliq”
Mazkur uchrashuvni ham turning markaziy o'yini deyish mumkin. Maydon egalari joriy chempionatda yo'qotishlarsiz ishtirok etib kelmoqda. “Olmaliq” esa “sherlar” uchun oxirgi yillarda noqulay raqiblardan biridir. SHu bois toshkentliklar o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgan xolda, raqibni hurmat qilib maydonga chiqadi. Bu o'yinda “Paxtakor”ning imkoniyatini yuqori baholayman.
“Qizilqum” – “Mashal”
“Qizilqum”ning Farg'onadagi o'yinini ko'rdim. Jamoa o'yini yaxshi shakllantirilgan. Himoyada ham hujumda ham yigitlarning harakatlari menda ijobiy taassurot qoldirdi. Ular ertaga o'z maydonida o'ynaydi. Tabiiyki ustunlik ko'proq navoiyliklar tomonida bo'ladi.
“Mashal” esa o'tgan turda o'z maydonida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. Bu jamoani mavsum boshida kuchli beshlikka kirishini aytilgandi. Lekin bu juda qiyin bo'ladi. Menimcha bu o'yinda mezbonlar favorit.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar