So’nggi yangiliklar

14:49"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  2 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  11 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  11 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0

Oliy liga, 17-tur. Murod Muhamedov eng past ball olgan hakam Yangiliklar

Oliy liga, 17-tur. Murod Muhamedov eng past ball olgan hakam

22-23 avgust kunlari oliy liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra, ushbu turda ishlagan hakmlarning olgan ballariga etibor qaratib o'tamiz.
22 avgust juma kuni turning 4ta bahsi bo'lib o'tdi. SHu kuni bosh hakamlardan Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev hamda Marat Ismoilov ishladi. Kecha bo'lib o'tgan turning qolgan 3ta bahsini esa Rustam Bobomurodov, Murod Muhamedov va Hasan Ro'ziev boshqarib bordi.

17-turda futbolchilarni qo'polliklar va o'yin qoidasini buzgani sababli eng ko'p ogohlantirgan hakam Ravshan Ermatov bo'ldi. “Qizilqum” – “Neftchi” (2:0) bahsida ishlagan FIFA referisi shu kuni har ikkala jamoadan uch nafar futbolchini sariq bilan “siyladi”.

Bekobodda kechgan “Metalurg” – “Buxoro” (4:3) o'yinini boshqargan Marat Ismoilov esa aksincha uchrashuvda biror marotaba ham cho'ntagidan kartochka chiqarmadi.

Murod Muhamedov “Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvini boshqarib borib, 82-daqiqada mezbonlar himoyachisi SHukurali Po'latovga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatishga qaror qildi. Etiborlisi ushbu turda aynan ushbu bitta chetlatish bo'ldi.

Penaltilar belgilash borasida Valentin Kovalenko etakchilik qildi. Qarshida FIFA hakami “Navbahor” darvozasi tomon ikki bor 11 metrlik belgilashga qaror qildi. Uning bittasigina aniq amalga oshirildi va “Nasaf” qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdi. Yana bir fakt: shu kuni Kovalenko cho'ntagidan 5 marotaba sariq kartochka chiqargan. Ahamiyatlisi ularning barchasi namanganlik futbolchilar tomon ko'rsatilgan.  

Hakamlarning olgan ballariga etibor qaratadigan bo'lsak, bu safar ham Ravshan Ermatov bu borada barchani ortda qoldirdi. Nazoratchi Igor Mustafin uning hatti-xarakatlarini 9,5ballga munosib deb baholadi. Ahamiyatlisi unga qanotlarda yordam bergan Abduhamidulla Rasulov va Jahongir Saidov qo'yilgan 9,3 ball laynsmenlar olgan ballar orasida eng yuqorisi bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda Ravshan Ermatov brigadasi bu borada etakchilik qildi.

Bu borada aksincha Murod Muhamedov nisbatan past ball oldi. Tarixda ilk bor “Bunyodkor” o'z maydonida “Dinamo”ga mag'lub bo'lgan o'yinda Muhamedov “qaldirg'ochlar”ning himoyachisini 82-daqiqada chetlatdi. Bu esa “Dinamo”ga qo'l keldi shekilli samarqandliklar 90+4-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, g'alabani ilib ketdi. O'yindan so'ng nazoratchi Dmitriy Roman bosh hakamning ishini 8,0 ballga munosib deb baholadi.

17-TURDA ISHLAGAN HAKAMLAR
Qizilqum  – Neftchi – 2:0.
Hakam:
R. Ermatov (Toshkent) – 9,5, A. Rasulov (Toshkent) – 9,3, J. Saidov (Toshkent) – 9,3, SH. Ro'ziqulov (Qarshi) – 9.
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Andijan – Olmaliq -1:1.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro) – 8,5, B. Qodirov (Buxoro) – 8,6, A. Qo'ldoshev (Buxoro) – 8,3, A. Ergashev (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Metallurg – Buxoro– 4:3.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent) – 8,5, T. Galeev (Toshkent) – 8,4, A. Po'latov (Toshkent) – 8,4, O. Tuychiboev (Toshkent) – 8.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Nasaf – Navbaxor – 1:0.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent) – 9,2, X. SHodmonov (Buxoro) – 9,1, A. Capenko (Toshkent vil.) – 9,1, I. Ibragimov (Nukus) - 9
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Paxtakor – Mashal – 3:0.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy) – 9,0, R. Samandarov (Navoiy) – 9,0, O. Jumaev (Navoiy) – 9,0, V. Serazetdinov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Bunyodkor – Dinamo – 0:1.
Hakamlar:
M. Muhamedov (Toshkent vil.) – 8,0, S. SHoyusupov (Toshkent) – 8,6, F. Hasanov (Namangan) – 8,6, N. Boltaev (Navoiy) – 9.
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

So'g'diyona – Lokomotiv – 0:2.
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent) – 8,4, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,0, A. Usmonov (Toshkent) – 8,6, N. Qosimov (Qarshi) – 8.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика