So’nggi yangiliklar

13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  1 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   4 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  3 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  11 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  2 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  6

Oliy liga 1-tur. Dastlabki 4 o'yinda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Oliy liga 1-tur. Dastlabki 4 o'yinda kimning imkoniyati qanday?

Ertaga oliy liganing dastlabki to'rt uchrashuvi bo'lib o'tadi.
12 mart, 2015 yil.
"Paxtakor" (Toshkent) - "Olmaliq" (Olmaliq)
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Ko'ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

Bu o'yinda jamoalarning imkoniyati teng deb aytsa bo'ladi. Lekin 5 foizga "Paxtakor" ustun. Boisi "Olmaliq"ning bu yilgi jangovor tarkibi tuzilganiga nari borsa ikki oy bo'ldi. Bu tarkib 5 turdan keyin katta kuchga ega bo'lishini bashorat qilish qiyin emas. "Paxtakor" o'z maydonida o'ynaydi, OCHL va Superkubokdan kelib chiqsa, futbolchilar yaxshigina saboq olganlar. Bu o'yin shubhasiz turning markaziy o'yini.

Imkoniyatlar: 55/45
"FIFA.uz"ga olishni tavsiya qilamiz: Kaxi Maxaradze, Bahodir Pardaev - SHavkat Salomov.

"Bunyodkor" (Toshkent) - "Buxoro" (Buxoro)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Bu o'yinda "Bunyodkor" favorit. "Buxoro" tubdan yangilanyapti. Futbolchilar va zamon bilan hamnafas bo'lgan yangi murabbiy jamoada ish boshladi. Lekin hali buxoroliklar rasmiy o'yinda maydonga tushishmadi. "Bunyodkor" esa allaqachon uchta jiddiy o'yinda ishtirok etishga ulgurdi. Jamoaning tarkibi ikki yil davomida elakdan o'tib olgan. Bu esa Lushanga engillik yaratadi.

Imkoniyatlar: 60/40
"FIFA.uz"ga olishni tavsiya qilamiz: Akmal SHorahmedov, Sardor Rashidov.

"Metallurg" (Bekobod) - "Lokomotiv" (Toshkent)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. SHoyametov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Superkubokdan keyin Vadim Abramovning ishtahasi ochilgani rost. Qolaversa, raqib safida ko'p yildan beri darvozada turib kelgan Mamur Ikromov endi Bekobodga mehmon sifatida tashrif buyuradi. Bu o'yinda imkoniyatlarni teng baholasak-da, tarkib va o'yin amaliyotidan kelib chiqib "Lokomotiv"ga ustunlik beramiz. Ammo shunisi borki, agar "Metallurg" istasa o'z maydonida hech kimga ochko bermaydi. Lekin 1-tur o'z so'zini aytmay qolmasa kerak, "Lokomotiv" allaqachon mavsumga tayyor bo'lib ulgurgan.

Imkoniyatlar: 45/55
"FIFA.uz"ga olishni tavsiya qilamiz: Dilmurod Karimov - Temurxo'ja Abduxoliqov, Lutfullo To'raev.

"Nasaf" (Qarshi) - "Andijon" (Andijon)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Serazetdinov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Buni qarangki, ertaga bo'lib o'tadigan o'yinlarda barcha to'rt raqib ham 1 oy avval mavsumni boshlab ulgurgan. "Nasaf" ham toshkentliklar kabi OCHLda o'z o'yinlarini o'tkazib oldi, avvalgisidan ancha yaxshi. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan o'yinda ham yaxshi harakat qilgan klub, o'z maydonida tarkibini u qadar ham yaxshilab ololmagan "Andijon"ni qabul qiladi. Bu o'yinda "Nasaf" maksimal natijaga erishini taxmin qilish qiyin emas.

Imkoniyatlar: 60/40
"FIFA.uz"ga olishni tavsiya qilamiz: Eldorbek Suyunov, Artur Gevorkyan, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика