Oleg Zoteev: "Iloji boricha tezroq qaytib, "Andijon"ga yordam berishga harakat qilaman"
02 iyu 16:05
Yangiliklar
Oleg Zoteev: "Iloji boricha tezroq qaytib, "Andijon"ga yordam berishga harakat qilaman"
"Andijon"ning tajribali futbolchilaridan biri Oleg Zoteev yaqinda mashg'ulotlardan birida oyog'idan jarohat olgani sababli Moskvada operaciya qildirdi.
Shu boisdan hozirda u jamoa bilan birga emas. Birinchi navbatda unga sog'liq tilaymiz va ayni paytdagi holati xususida futbolchi klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
"Operaciya yaxshi o'tdi. Muammo yo'q, barchasi qoniqarli. Toshkentga keldim. Faqat safga qachon qaytishimni bilmayman. 21 kun mobaynida deyarli gips holatida bo'laman. Keyin tikilgan iplari echiladi. Shunga qarab yana bilinadi. Yana bir marotaba MRT qilinadi. Albatta, iloji boricha tezroq qaytib, jamoamga yordam berishga harakat qilaman”, - deydi Zoteev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar