So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

OKMK sport majmuasi mamuriyatidan rasmiy izoh Yangiliklar

OKMK sport majmuasi mamuriyatidan rasmiy izoh

OKMK sport majmuasi mamuriyati kecha saytimizga chiqqan maqola, xususan, yog'ingarchilik tufayli stadion kiyinish xonasi achinarli holatga kelib qolgani bo'yicha tushuntirish berdi.

"Haqiqatan ham bir necha kun davomida Olmaliq shahrida yog'ayotgan kuchli yomg'ir natijasida stadionning kiyim almashtirish xonasi ustidagi beton plitalari orasidagi yoriqlaridan binoning ayrim ichki qismlariga suv o'tgan. Ammo suratda aks etgan "razdevalka" o'yinda foydalanilmadi va "Surxon" jamoasiga top-toza holatdagi zaxira kiyinish xonasi berildi. "Qizilqum" jamoasi kiyinish xonasi toza va ozoda holatda o'yinda foydalanildi. Bu vaziyatni suratga olgan "Qizilqum" jamoasi matbuot kotibi Musobaqalar o'tkazish reglamentni buzib, o'z ixtiyoridagi texnik hududdan tashqariga chiqib, "Surxon" futbol klubi joylashgan korpusdagi kiyinish xonasiga o'tib, yog'ingarchilik tufayli suv oqib ketgan kiyinish xonasini suratga tushirgan. 

O'yin kuni bo'lgani tufayli biz asosiy kiyinish xonasida tamirlash ishlarini olib bormay, ularga shunchaki toza va yangi holatdagi boshqa zaxira kiyim almashtirish xonasini taqdim etdik. Tez orada stadionning asosiy kiyinish xonasida kerakli bo'lgan tamirlash ishlari olib boriladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va unga malumot yuklovchilariga shuni malum qilamizki, Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Qizilqum" uchrashuvi hozirda Olmaliq shahrida noqulay ob-havo xukm surayotganiga qaramasdan, yuqori saviyada tashkil etildi. Uchrashuv komissari o'yin qaydnomasida mazkur baxsni yuqori saviyada tashkil etilganligini bildirib o'tgan", – deyiladi OKMK sport mamuriyati saytimizga bergan xabarda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика