So’nggi yangiliklar

10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  0 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  10 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  17 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1

O'yin oldi mashg'ulot "The Sevens"da bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'yin oldi mashg'ulot "The Sevens"da bo'lib o'tdi

Bu galgi mashg'ulotlar o'yin bo'lib o'tadigan, "The Sevens" stadionida tashkil etildi.
Avvaliga terma jamoamiz Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida chigal yozdi mashg'ulotlarini o'tkazdi. SHundan so'ng, maydonga 20ta to'p qo'yildi, futbolchi esa 22 nafar. Qisqa masofaga yugurib, hushtak chalinganidan so'ng tezroq to'pni ustiga o'tirib olish kerak. Tabiiyki, ikki nafar futbolchi bunday pallada to'psiz qoladi. Bu mashg'ulot ham kayfiyat ko'taradi, ham futbolchining epchillikka undaydi.



Keyin ikkiga bo'linib to'p tepildi.

"Qizillar": Eldor Suyunov, Bobur Yo'ldoshev, Egor Krimec, Salim Mustafoev, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Islom To'xtaxo'jaev, Farrux Sayfiev, Javlon Ibrohimov, SHuhrat Muhammadiev, Navro'z Alimov va Vohid SHodiev.

"Sariqlar": Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Farrux Sayfiev, Akmal SHorahmedov, Anzur Ismoilov, Server Jeparov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze va Igor Sergeev.



Ko'p o'tmay, Mirjalol Qosimov "sariqlar" bilan burchak zarbasini va o'n olti atrofida bo'lib o'tadigan xavfli vaziyatlar ustida ishladi. Bu safargi mashg'ulot boshqalaridan farq qildi. Qanotdan to'p oshirilayotgan chog'da, 4 nafar futbolchi chalg'ituvchi vazifasini o'taydi. Bundan Ahmedov, vaziyatga qarab Haydarov foydalanishi kerak. Ko'ramiz, agar bugun shunday vaziyat yuzaga keladigan bo'lsa, futbolchilarimiz kecha o'rganganlarini qanday maromiga etkazadilar.



Mashg'ulotlardan kelib chiqib, taxmini tarkibim quyidagicha o'rin olgan:
Taxminiy tarkib:
Ignatiy Nesterov, Farruh Sayfiev, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Akmal SHorahmedov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze va Igor Sergeev.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика