So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

OFK vakili Bekobodga tashrif buyurdi Yangiliklar

OFK vakili Bekobodga tashrif buyurdi

21 oktyabr sanasi kunning ikkinchi yarmida Osiyo Futbol Konfederaciyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov O'FF marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamrohligida Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Rasmiy mehmonlarni "Metallurg" stadionida "Metallurg" PFK hamda "Metallurg" stadioni rahbariyati kutib olishdi.

Mehmonlar tashrif davomida "Metallurg" stadioni yashil maydoni bilan va infratuzulmasi bilan yaqindan tanishishdi.  OFK vakili Elnur Mamedov stadionning chimini ko'zdan kechirar ekan stadion rahbariyatiga qoplama borasida o'z fikr mulohazalari, qimmatli maslahatlarini berdi. SHundan so'ng "Metallurg" arenasida yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Jamoalar kiyinish xonalari, dush, tibbiy markazlar, sport zallari, martabali mehmonlar uchun ajratilgan maxsus joylar shuningdek  media markazdagi sharoitlarni o'rganishdi. Stadion qoshida barpo etilgan shaxmat, taekvando to'garaklarini ko'zdan kechirdi, ayniqsa Bekobod shahri futbol tarixi muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Muzeydagi barcha eksponatlarni ko'zdan kechirar ekan, nufuzli mehmon o'zining samimiy dil izhorlarini yozib qoldirdi.  

Tashrif yakunida,  "Metallurg" klubi rahbarlari, matbuot va marketing bo'limi hamda stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi. Unda Elnur Mamedov klub marketing ishlarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish borasida kerakli maslahat va tavsiyalarini berdi.

"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика