So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

OFK UEFAdan aqlli. Nega? Yangiliklar

OFK UEFAdan aqlli. Nega?

Teglar :  OFKUEFASergey Semak
Bilasiz, pley-offdagi uy va safar o'yinlarida mehmonda urilgan gol qiymati yuqori sanaladi.

Ko'pchilik mutaxassislar va muxlislar pley-off uchrashuvlaridagi mehmondagi gol qoidasini tanqid qilishadi. Ayniqsa qo'shimcha taymlarga o'tgach ham bu qoida o'z kuchini yo'qotmaydi. Natijada birinchi o'yindagi tafovutni yo'qqa chiqargan jamoa yana qo'shimcha 30 daqiqa o'sha qoidadan aziyat chekishi mumkin.

Kecha "Zenit" jamoasi o'z uyida "Dinamo" Minsk ustidan chiroyli g'alabaga erishdi va Evropa ligasi kvalifikaciyasining keyingi raundiga yo'l oldi.

Ushbu jamoalarning dastlabki bellashuvida Belarus klubi "Zenit"ni o'z uyida 4:0 hisobida tor-mor keltirgandi. Kecha esa "Petrovskiy"da o'tgan bahsda "Zenit" yuksak iroda namoyish etdi va 90 daqiqa ichida o'rtadagi farqni yo'qqa chiqara oldi.

Natijada jamoalar g'olib nomini qo'shimcha 30 daqiqa yoki penaltilar seriyasi orqali aniqlashlariga to'g'ri keldi. "Dinamo" Minsk esa qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisida gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Zenit" esa safardagi gol qoidasi tufayli keyingi bosqichga chiqish uchun yana ikkita gol urishi talab etilardi. "Zenit" amalda buni uddaladi. Ammo uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Sergey Semak safardagi gol qoidasi qo'shimcha taymlarda ham o'z kuchida qolishini keskin tanqid qildi.

"Mantiqsiz qoida tufayli yana qiyin ahvolga tushib qoldik. Safarda va uyda o'tkazilgan 90 daqiqadan so'ng mehmondagi gol qoidasi o'z kuchini yo'qotishi kerak! Bu nohaqlik! SHaroit barcha jamoalar uchun teng bulmog'i lozim. SHunga qaramay futbolchilarim qahramonlik ko'rsatishdi va ajoyib "kambek"ni amalga oshirishdi. "Zenit" bilan faxrlanaman", - dedi Sergey Semak.


UEFAda safardagi gol qoidasi qo'shimcha bo'limlarda ham o'z kuchini yo'qotmaydi. Ammo OFKda bu mantiqsiz qoida ancha yillar oldin bekor qilingan. OCHL o'yinlarida safardagi gol qoidasi qo'shimcha taymlarda o'z kuchini yo'qotadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика