So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  15 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

OFK kubogidagi chempionlik qahramonlik hisoblanadimi? "Li Man" haqida qanday malumotlar bor? Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

OFK kubogidagi chempionlik qahramonlik hisoblanadimi? "Li Man" haqida qanday malumotlar bor? Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani

OFK kubogi Interzonal finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Ertangi o'yin biz uchun juda muhim. Finalda o'ynashni juda ham istamoqdamiz. Bu yildagi eng asosiy o'yin kutib turibdi. O'z o'yinimizni ko'rsatgan holda raqibni mag'lubiyatga uchratishimiz va muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Albatta bu narsa oson bo'lmaydi. "Li Man" jiddiy raqib. Maksimal harakat qilishimiz lozim. Bu jamoa haqida tasavvurga egamiz. Yigitlarga kerakli malumotlarni berdik. Bilasizlar raqib safida yaxshi saviyadagi legionerlar bor. Mahalliy o'yinchilar ham etarlicha. Ular ko'proq texnikaga tayangan holda harakat qilishadi. Barcha futbolchilar bahsga shay. G'alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

"Yarim final bu biz uchun katta va masuliyatli uchrashuvdir. Har bir o'yinga bo'lgani kabi ertangi bahsga ham munosib hozirlik ko'rdik. Bunday pallada ortiqcha hissiyotlarga berilish kerak emas. Maydonga g'alaba uchun chiqamiz",- deydi Marko Stanoevich. 

- "Li Man" jamoasini qay darajada o'rgandingiz? Kuchli va kuchsiz chiziqlari haqida fikringizni bildirsangiz...

- Ularning OFK kubogidagi o'yinlarini ko'rib zarur jihatlarini, futbolchilar haqidagi malumotlarni yigitlarga etkazdik. Jamoada o'yinni hal qiladigan legionerlar bor. 90 daqiqa etiborli bo'lishimiz, diqqatni yo'qotmasligimiz talab qilinadi. "Li Man" hujumda yaxshi harakat qiladi va tartibli himoyalanadi. 

- OFK kubogidagi chempionlik jamoaning hozirgi holati uchun qahramonlik hisoblanadimi? Ikkinchi savolim "Mohun Bagan" bilan "Li Man"ning darajasidagi farqni ayta olasizmi?

- G'alaba qozonsak qahramonlik bo'ladi, deb o'ylayman. Futbolimiz uchun kerakli yutuq hisoblanadi. Yashirmayman, Jahon chempionatida futzalchilarimizning harakatlarini jamoamiz bilan birga kuzatib, yutuqlaridan xursand bo'ldik. Xalqaro maydondagi yutuq ayni paytda futbolimiz va muxlislarimiz uchun zarurdir. Bor imkoniyat va mahoratimizni ishga solamiz. SHaroitlarni oldingi bilan taqqoslab bo'lmaydi. Lekin bu bizni qiziqtirayotgani yo'q. Yosh futbolchilarimizning tajribasi va mahoratini oshirish uchun ham xalqaro o'yinlar foydali hisoblanadi. Avvalgi raqib bilan taqqoslashga kelsak, ularga qarshi o'ynamagunimizga qadar darajasi va saviyasiga baho berish qiyin. Yaqin yillarda o'zbek klublari Gongkong jamoalariga qarshi to'p tepmagan. SHu bois taqqoslash biroz noo'rin. O'zaro o'yindan keyin raqibning darajasi va saviyasiga to'liq baho berish mumkin. Gohida reytingga ham etibor qaratish noo'rin bo'lib chiqadi. 

- Gonkong futboli Xitoy futboli nimasi bilan farq qiladi?

- Menimcha, mentaliteti o'xshash. Xitoy va Janubiy Koreya klublariga o'xshab raqibning mahalliy o'yinchilari tezkor. Albatta Xitoy chempionati kuchliroq. Bu "Li Man"ning kuchsizligini anglatmaydi. Tarkibida 8ga yaqin legionerlar o'ynaydi. Avvalgi bosqichda raqibda o'yin amaliyotining kamligi o'z tasirini o'tkazdi. Bu bizga qo'l kelgandi. "Li Man" ancha tajovvuzkor jamoa. 

- Ertangi bahs oldidan tarkibda yo'qotishlar yo'qmi? Hozirgi tarkib OFK kubogini qo'lga kiritish uchun qay darajada tayyor?

- 2011 yilda tarkibda tajribali va mahoratli futbolchilarga boy edi. Kerak bo'lsa bir o'zi o'yinni hal qiladigan ijrochilar topilardi. Ayni paytda o'z o'yinimizga etibor qaratsak yaxshi bo'ladi. Ertaga Marko Stanoevich yoki Oybek Bozorov o'yinni hal qilib ketadi, deb hech kim ayta olmaydi. Jamoaviy o'yinni yaxshi tashkil qilsak o'sha muvaffaqiyatni takrorlashimiz mumkin. Yo'qotishlardan birgina Abduvohid Nematov bizga yordam bera olmaydi. Qolgan o'yinchilar hammasi sog'. 

- SHohmalik Komilov OFK kubogi guruh bosqichi bahslarida juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Asosiy tarkibdagi o'rnini mustahkamlab olgandi. Ayni paytda asosiy tarkibga kiritilmayotganini sababi nimada?

- Birinchidan raqobat, ikkinchidan tajriba. Katta o'yinlarda shunga yarasha futbolchilar kerak bo'ladi.  SHu bois davralar oralig'ida bazi bir futbolchilarni taklif qildik. SHohmalik iqtidorga ega. Lekin barqaror o'ynashi uchun tajriba orttirishi kerak. Kim tayyor bo'lsa o'shani tushiramiz, tajribasini ham hisobga olyapmiz. Qanchalik tayyor bo'lsa imkoniyat beramiz.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика