So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  9 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

O'FF rahbariyati O'zbekiston U-19 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FF rahbariyati O'zbekiston U-19 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun bugun Bangkok orqali Yangonga uchib ketadi.
O'FF rahbariyati bugun CHig'atoydagi O'FF terma jamoalar markazi sport-kompleksida O'zbekiston U19 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi.

Futbolchilarga safar oldidan omad tilar ekan, tarixning eng kuchli futbolchilaridan biri To'lagan Isoqov jamoa azolari agar bir tanu bir jon bo'lib harakat qilsa, katta g'alabalarga erishish mumkinligini alohida urg'uladi. Sizlarning yoshingizda men asosiy tarkibda futbol o'ynaganimni yaxshi eslayman, - deydi Isoqov. Mana sizlar ham bugungi kunga kelib Oliy va birinchi liga klublarining asosiy tarkibida o'ynash uchun harakat qilib kelasiz. Osiyo chempionatidagi yorqin o'yin va ajoyib natija sizni mana shu maqsadingizga yanada yaqinlashtiradi. Qolaversa, o'zbek futboli ishqibozlari bugun sizlardan kamida jahon chempionati yo'llanmasini kutishyapti. Aynan ular uchun ham bugun siz maydonga chiqqanda boringizni berib kurashish va yorug' yuz bilan O'zbekistonga qaytib kelishishingiz kerak, - deya takidladi Isoqov.

Amaldagi chempioni Janubiy Koreya bo'lgan (finalda Iroqni penaltilar bo'yicha yutgan) Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi V guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziya bilan bellashadi. CHorak finalda esa O'zbekiston terma jamoasining guruhidan chiqqan ikki jamoa “A” guruhining ikki jamoasi, bular Myanma, Eron, Tailand va Yaman terma jamoalari orasidan bo'ladi, bilan yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatidagi kurashini 10 oktyabr kuni Indoneziyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Keyingi ikki o'yinlar oralig'i 2 kunni tashkil qiladi: 12 oktyabrda BAA va oktyabrning 14-sanasida Avstraliya bilan.

Sizning ortingizda 30 millionlik o'zbek xalqi turibdi, - deydi O'zbekiston Futbol Federaciyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev. Biz bu erda har qancha gapirsak ham barcha masalani siz maydonda hal qilasiz. SHuning uchun o'yinga chiqqanda ortingizdan siz bilan birga qayg'urayotgan har bir o'zbekistonlik vatandoshlarimizni unutmaysiz deb ishonaman - deydi Rahmatullaev.

Uchrashuvda so'zga chiqqanlar O'zbekiston terma jamoasiga Myanmadagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, minimum vazifa - Jahon chempionatiga chiqish yo'lida omad yor bo'lishini tiladilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика