So’nggi yangiliklar

23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  0 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   27 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  39 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  30 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  7 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  9

O'FF Prezidenti Mirabror Usmonovning Yangi yil tabrigi Yangiliklar

O'FF Prezidenti Mirabror Usmonovning Yangi yil tabrigi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi va shaxsan o'z nomimdan sportdagi barcha ishchi va mutaxassislar, sportchilar, murabbiylar, faxriylar va futbol ishqibozlarini kirib kelayotgan Yangi 2015 yil bilan tabriklayman.

Tugab borayotgan yil futbolimizda esda qolarli davrlardan biri bo'ldi. Zero, aynan shu vaqt mobaynida Buxoro, Jizzax, Farg'ona va Namanganda jami 5 ta yangi futbol stadionining qurilish va rekonstrukciya ishlari yakuniga etkazidi. SHu tariqa, O'zbekistonda futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturi doirasida mamlakat bo'ylab qurilishi hamda qayta tamirlanishi kerak bo'lgan 10 ta stadionning barchasi tayyor bo'ldi.

O'tib borayotgan Sog'lom bola yilida mamlakatning turli chekkalarida bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish rivojlantirish maqsadida yuzlab yangi futbol maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Aholining, ayniqsa, yoshlarning sportdagi, shu jumladan futboldagi faolligi yanada oshdi. Bo'sh vaqtida do'stlari va tanishlari bilan futbol o'ynaydiganlar yanada ko'paydi.

Tugab borayotgan yil, shuningdek, xalqaro maydonlarda ham terma jamoalarimiz uchun salmoqli yil bo'ldi. Vetnamda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi bronza medallarini qo'lga kiritdi. 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Myanmadagi Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqib, 2015 yilda Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

2014 yilda O'zbekiston futboli tarixiga alohida bitiklar bilan kiradigan bo'ldi. 16 va 19 yoshgacha bo'lgan qizlardan iborat O'zbekiston ayollar terma jamoalari mamlakatimiz futboli tarixida birinchi marta o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining final qismiga yo'l oldi.

2014 yil O'zbekistonda jismoniya tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilgan katta ishlar muvaffaqiyat garovi ekanligini yana bir bora ko'rsatib berdi. Kirib kelayotgan 2015 yil esa bizga yangi futbol bayramlarini tayyorlab turibdi. Ulardan biri 9 yanvarda Melburnda boshlanadigan Osiyo Kubogi, may-iyun oylarida Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati, futzal bo'yicha Osiyo chempionati, qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari ana shular jumlasidandir. Fursatdan foydalanib, O'zbekistonlik futbolchilarga ushbu musobaqalarda mahorat va iqtidorlari, g'alabaga bo'lgan xohish va istaklarini namoyish etishlarini, murabbiylar esa o'z tarbiyalanuvchilarini musobaqaga eng yaxshi sport formasida olib borishlarini tilayman.

2015 yilda biz FIFA, OFK va O'FF taqvimiga kiritilgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'ramiz. Futbol infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlarimizni davom ettiramiz va men aminmanki, bu ishlar mushtaraklik bilan, birgalikda va hamjihatlikda amalga oshirilganligi uchun ham yaxshi samara beradi. Bizning O'zbekiston esa yana bir bora barkamol avlodni tarbiyalayotgan haqiqiy sport mamlakati ekanligini namoyish etadi.

Aziz do'stlar! Jismoniy tarbiya va sport kirib kelayotgan yangi yilda ham hayotingizning ajralmas qismi bo'lib qolishini tilayman. Futbol o'ynang, futbolni seving va bizning futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlang. Barchangizga orzularingiz ro'yobini, ijodiy va kasbiy ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar erishishingizni, shuningdek, sog'lik-salomatlik, oilaviy farovonlik va baxt tilayman.

Mirabror Usmonov
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика