So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

O'FAning "Futbolni rivojlantirish" bo'limi vakillari Andijonda ish boshladi Yangiliklar

O'FAning "Futbolni rivojlantirish" bo'limi vakillari Andijonda ish boshladi

Teglar :  O'FAAndijon
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra O'FAda yangi tashkil etilgan “Futbolni rivojlantirish" bo'limi vakillari 25 aprel - 16 may oralig'ida O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bo'lib qaytadilar.

Ilk qadam vodiy tomon tashlandi. 3 kishidan iborat guruh azolari ishni Andijondan boshlashdi. 26-27 aprel kunlari Farg'ona va Namangan viloyatlarida ham bo'ladigan O'FA xodimlari avvalo hududlardagi bolalar futboli bilan yaqindan tanishib, viloyatlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda musobaqalar tashkil qilish borasida ish olib boradilar. Tabiiyki, O'FAning taqvim rejasi asosida o'tadigan o'yinlar ham bundan mustasno bo'lmaydi.

Bugun Andijon viloyati futbol federaciyasi 1-Vice-Prezidenti Bekzod Karimov bilan 2018 yilda tashkil qilinishi kerak bo'lgan musobaqalar bo'yicha reja ishlab chiqildi. O'FA tomonidan taqdim etilgan ish dasturidan tashqari, viloyat federaciyasini o'zi ham barcha hududlarida yaxshi saviyadagi musobaqalarni o'tkazish borasida ish olib borishini aytib o'tgan.

Andijon viloyatidagi futbol musobaqalarini sifatini oshirish va uni doimiy ko'rinish olishi uchun hududiy ligalar tashkil etiladigan bo'ldi. Endi ichki chempionat avval hududiy bosqichda o'tib, keyin markazlashgan holda finali bo'ladi.
Unga ko'ra, Andijon viloyati geografiyasidan kelib chiqib quyidagicha hududlarni o'z ichiga oladi.

1-hudud: Xonobod shahri, Qo'rg'ontepa, Jalaquduq va Xo'jaobod tumanlari.
2-hudud. Andijon shahri, Andijon, Paxtaobod va Izboskan tumanlari.
3-hudud. Buloqboshi, Asaka, Marhamat, Oltinko'l tumanlari.
4-hudud. SHaxrixon, Bo'z, Ulung'ur, Baliqchi tumanlari.

Vodiy safaridan keyin, ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bo'ladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика