So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'FAda ayollar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi Yangiliklar

O'FAda ayollar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi

O'zbekiston futbol associaciyasining majlislar zalida ayollar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'FA rahbariyati, ayollar futboli murabbiylari va qo'mita azolari ishtirok etdi. 

Yig'ilish avvalida mamlakatimizda keyingi yillarda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan etibor etirof etildi. O'FA tomonidan ham ayollar futbolini rivojlantirish, ushbu yo'nalishdagi mavjud sharoit va kamchiliklarni o'rganib borish hamda uni bartaraf etish maqsadida ayollar qo'mitasi tashkil etilganligi qayd etildi. 

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov tahlillar yurtimizda ayollar futboli bo'yicha murabbiy, shifokor va psixolog kabi mutaxassislar kam ekanligini ko'rsatganligini, bu borada O'FA ayollar murabbiylarini barcha turdagi licenziyaga bepul o'qitish tizimini yo'lga qo'yganligini aytib o'tdi.

SHuningdek, bu yildan boshlab klublar smetasini tasdiqlashda ayollar futbolini rivojlantirishga, xususan jamoalarning tashkiliy ishlari, ekipirovka, ovqatlanish va vitaminizaciyasiga qancha mablag' ajratilishi ham etiborga olinayotganini takidlandi.

Ayollar milliy terma jamoamizga tajribali mutaxassis Midori Honda jalb etilishi ortidan futbolimizga yapon mentalitetiga xos professionallik, talabchanlik, qatiyat va intizom kabi xarakterlarni shakllantirish maqsad qilingani aytildi. O'z o'rnida Midori Honda ham Yaponiyada ayollar futbolini rivojlantirish avvalo nimadan boshlangani haqidagi savollarga javob berdi va o'zining tajribalari bilan bo'lishdi. 

Yig'ilishda shuningdek, murabbiylar ham bir qator masalalar yuzasidan o'zlarining takliflarini bildirib o'tdilar. O'FA rahbariyati mavjud masalalarni o'rganib chiqilishi va muammolarga echim berilishini takidladi. Masullarga xalqaro tajribalarni o'rgangan holda ayollar futbolini rivojlantirishning yo'l xaritasini tuzish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика