O'FA: Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi keyinroq elon qilinadi
06 mar 16:40
Yangiliklar
O'FA: Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi keyinroq elon qilinadi
Unda O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Farhod Nishonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig'inlari, selekciya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari bo'yicha malumotlar taqdim etildi.
O'z navbatida murabbiylar kengashi azolarining O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi. Jamoa oldiga qo'yilgan Jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarilmagan bo'lsa-da, Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.
U-20 terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi cikl bo'yicha musobaqalardagi ishtirokini yakunladi. Jamoa futbolchilari O'zbekiston U-23 terma jamoasi asosini tashkil qilib, Los-Anjelesda o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik olib boradi.
Shuningdek, kun tartibidan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqish masalasi o'rin oldi. Murabbiy bo'yicha qaror — tavsiyalarni o'rganish jarayoni yakuniga etganidan so'ng malum qilinadi.







O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar