So’nggi yangiliklar

09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  10 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  17 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1

O'FA tomonidan hududlardagi futbol murabbiylari o'rtasida o'tkazilgan imtihonlar natijalari Yangiliklar

O'FA tomonidan hududlardagi futbol murabbiylari o'rtasida o'tkazilgan imtihonlar natijalari

Hududlardagi futbol bo'yicha murabbiylar kasbiy mahoratini oshirish uchun O'FA tomonidan belgilangan reja asosida ular o'rtasida o'quv seminarlari tashkil qilindi.

Futbol muxlislariga yaxshi malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O'FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi.
 
Hududlardagi futbol bo'yicha murabbiylar kasbiy mahoratini oshirish uchun O'FA tomonidan belgilangan reja asosida ular o'rtasida o'quv seminarlari tashkil qilindi. Seminar davomida har bir viloyatdagi futbol murabbiylari o'rtasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borildi. Ularning kasbiy mahorati sinovdan o'tkazildi.
 
Imtihon davomida murabbiylarning mashg'ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko'rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg'ulotga tayyorlash, mashg'ulot davomida bolalarga ko'rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg'ulot davomida o'zini tutishi, futbolchilarning mashg'ulotdagi xatolarini aniqlash, ko'rsatib borish va o'sha xatolarni to'g'irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari tekshirildi. SHuningdek, murabbiylarning mashg'ulot paytida bolalarni nazorat qilib borish uchun poziciya tanlashdagi bilim va ko'nikmalari hamda mashg'ulot davomidagi faolligi ko'zdan kechirildi.
 
 Jami 1500 nafardan ortiq murabbiylardan imtihonlar olingan bo'lsa, shulardan 300ga yaqin murabbiy sinovlardan o'ta olmadi, yana 400ga yaqin murabbiylarga esa ikki oy sinov muddati berildi. Ikki oydan keyin ulardan qaytadan imtihonlar olinadi. SHunda ham imtihonlarni topshirolmasa, o'sha murabbiy licenziyasidan mahrum qilinadi.
 
Etiboringizga hududlarda murabbiylar o'rtasida o'tkazilgan imtihonlar natijalarini havola qilamiz:
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Imtihondan o'tganlar – 45
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 27
O'ta olmaganlar – 15
 
Xorazm viloyati
Imtihondan o'tganlar – 52
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 24
O'ta olmaganlar – 21
 
Buxoro viloyati
Imtihondan o'tganlar – 75
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 21
O'ta olmaganlar – 10
 
Navoiy viloyati
Imtihondan o'tganlar – 45
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 20
O'ta olmaganlar – 20
 
 Samarqand viloyati
Imtihondan o'tganlar – 60
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 1
O'ta olmaganlar – 9
 
Qashqadaryo viloyati
Imtihondan o'tganlar – 93
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 27
O'ta olmaganlar – 10
 
Surxondaryo viloyati
Imtihondan o'tganlar – 29
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 46
O'ta olmaganlar – 4
 
 Jizzax viloyati
Imtihondan o'tganlar – 40
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 12
O'ta olmaganlar – 16
 
Sirdaryo viloyati
Imtihondan o'tganlar – 55
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 16
O'ta olmaganlar – 31
 
Toshkent viloyati
Imtihondan o'tganlar – 32
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 48
O'ta olmaganlar – 21
 
Andijon viloyati
Imtihondan o'tganlar – 77
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 45
O'ta olmaganlar – 58
 
Farg'ona viloyati
Imtihondan o'tganlar – 70
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 37
O'ta olmaganlar – 27
 
Namangan viloyati
Imtihondan o'tganlar – 54
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 41
O'ta olmaganlar – 28

Toshkent shahar
Imtihondan o'tganlar – 126
Ikki oy sinov muddati berilganlar – 13
O'ta olmaganlar – 10
 

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика