So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

O'FA tibbiy qo'mita raisi chempionda topilgan taqiqlangan modda mavzusida fikr bildirdi Yangiliklar

O'FA tibbiy qo'mita raisi chempionda topilgan taqiqlangan modda mavzusida fikr bildirdi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi "Tibbiy Qo'mita" raisi hamda "Lokomotiv" PFK bosh shifokori Abror Pirriev O'zbekiston U-20 terma jamoasi azosida taqiqlangan modda aniqlangani mavzusida fikr bildirdi.

"U-20 terma jamoasi azosi SHahriyor Jabborovning doping testida taqiqlangan modda topilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqaldi. SHu bois mutaxassis sifatida izoh qoldirishni maqul topdim.


Avvalombor bu masalada oxirgi nuqta qo'yilmadi. CHunki doping tekshiruvi uchun futbolchidan o'yindan so'ng ikkita maxsus idishga (malum miqdordagi peshob yoki qon) namuna olinadi. SHundan 1-namunada taqiqlangan modda chiqqanda 2-namunaga murojaat qilinadi. Osiyo kubogi doirasida Avstraliyaga qarshi bahsdan so'ng Jabborovdan olingan namunaning birinchisida futbolchi organizmida oksandrolon sintetik modda elementi topilgani borasida xabar berilgan. Endi 2-namunada ham shu tasdiqlansa, shundan so'nggina futbolchi haqiqatan ham ushbu taqiqlangan moddani qabul qilgan, deb topiladi.


Xo'sh, bu modda futbolchimiz organizmiga qanday tushib qoldi. Bir narsa ayonki, SHahriyor bu gormonal vositani atayin istemol qilmagani aniq. Gap shundaki, bugungi kunda “sport vitaminlari” nomi ostida turli brendlar o'z mahsulotlari bilan bozorlarni egallab bormoqda. Ular raqobatda bir-biridan o'zish uchun turli “nag'malar” qilishdan tap tortishmayapti. SHulardan biri: mahsulotining tasirini kuchaytirish va bu orqali mahsulot sotuvini ko'paytirish maqsadida uning tarkibiga taqiqlangan moddalardan qo'shishdir. O'sha mahsulotlar ustidagi malumot yorlig'ida ushbu bioqo'shimcha tarkibida faqat vitamin va bezarar qo'shimchalar borligi yoziladi xolos, taqiqlangan moddalar aralashtirilgani haqida lom-mim deyilmaydi. Ayniqsa, "tushunarsiz" brend mahsulotlarida. Bu holat haqida xalqaro sport tibbiy tashkilotlari bir necha bor bong urib kelishmoqda. SHu bilan birga oddiy havaskor uchun mo'ljallangan bioqorishiqlardan farqli o'laroq, professionallar faqat taniqli brendlarning maxsus sertifikatga ega bioqo'shimchalaridan foydalanishini tavsiya qilishadi.


Bizning misolda futbolchimiz organizm uchun zarur bo'lgan oddiy vitamin va bioqo'shimchalar qorishmasini sotib olgan va katta ehtimol bilan “toza” bo'lmagan bu qo'shimchani jamoadagi vitaminlardan tashqari o'z holicha istemol qilgan. Natijada ixtiyoriy sportchi qabul qilishi mumkin bo'lgan vitaminli qo'shimcha futbolchimiz uchun “boshog'rig'i” bo'lib turibdi.


Bugungi kunda dunyoning etakchi klublari, terma jamoalar, jumladan O'FA faqat maxsus sertifikatga ega brendlar bilan hamkorlik qilib, barcha terma jamoalarni zarur, ishonchli vitamin va energetik qo'shimchalar bilan taminlab kelmoqda. Ammo yoshlarimiz turfa reklamalarga uchib, ko'p hollarda qo'shimcha tarzda o'zlari ham turli vitaminlarni istemol qilishayotgani sir emas.


Xullas, ushbu vaziyatda SHahriyorni o'rinsiz ayblamasligimiz, uning o'rnida ixtiyoriy sportchi sport vitaminlari biznesidagi “nag'ma”lar qurboniga aylanib qolishi mumkinligi, professional sportni tanlagan har bir inson bundan to'g'ri xulosa chiqarishi kerakligini aytib o'tishni joiz topdim. Xullas, barchasi xayrli yakun topishidan umidvormiz" - deyiladi Abror Pirriev shaxsiy kanalida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика