So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

O'FA rahbariyati O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, 17-28 aprel kunlari Tailandda futzal bo'yicha Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi.

"Unda qitamizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O'FA rahbariyati va futzal mutasaddilari mazkur yirik musobaqa oldidan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning masuliyati haqida fikr bildirildi. Unga etarlicha tayyorgarlik ko'rilgani, bir qancha yig'inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o'rinlarni egallashiga tilak bildirildi. 

Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo'lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro'sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi, shuningdek, yurtimiz mezbonligida o'tadigan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish muhimligi takidlandi.

O'z o'rnida jamoa bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes va jamoa sardori Dilshod Rahmatov ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Uchrashuv yakunida O'FA rahbariyati masuliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi", — deyiladi xabarda.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика