So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  2 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  2 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

O'FA rahbariyati JCH oldidan O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati JCH oldidan O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

Argentina maydonlarida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining start olishiga sanoqli kunlar qoldi.

Osiyo chempioni sifatida mundialga yo'lga olgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi guruh bosqichida Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiya vakillariga qarshi bahs olib boradi.O'FA rahbariyati musobaqa oldidan O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. Jahon chempionatida Vatan sharafini himoya qilish har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo'lib, futbolimiz darajasini xalqaro maydonda munosib namoyon etish kerakligi takidlandi. Faxriylarimiz har bir futbolchi professionallik, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilgan holda maydonga tushishlari kerakligini aytdilar.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. SHundan keyin rahbariyat murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga musobaqa davomida futbolchilarning sog'lig'i, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoniga jiddiy etibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida O'FA rahbariyati masuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.


 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика