So’nggi yangiliklar

07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  34 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3

O'FA: “Lokomotiv” darvozasiga urilgan golda offsayd bor edi Yangiliklar

O'FA: “Lokomotiv” darvozasiga urilgan golda offsayd bor edi

Bir necha daqiqa oldin “Lokomotiv” va “Bunyodkor” futbol klublari ishtirokidagi Toshkent derbisi o'z yakuniga etdi.

O'yinning so'nggi soniyalarida “Bunyodkor” futbolchilari tomonidan urilgan gol o'yindan tashqari holat deb baholanib, hisobga olinmadi.

Mazkur holatda uchrashuvni bevosita stadiondan sharhlab borgan telekanal sharhlovchisi to'p uzatilayotgan vaqtda o'yindan tashqari holat yo'q ekanini bir necha bor takidladi. Vaziyat takroran ko'rilganida ham futbol muxlislari gol kiritgan futbolchida o'yindan tashqari holat yo'q deb hisoblashi mumkin. Ammo futbolning zamonaviy qoidalariga mazkur vaziyat offsayd deb hisoblanadi.

IFAB qoidalarida keltirishicha, offsayd holatida turgan futbolchi darvozabon harakatlanishi va nazorat qilishi mumkin bo'lgan ko'rish doirasini (obzor) to'sib qo'ygan bo'lsa, garchi shu futbolchi to'pga teginmagan taqdirida ham qanot hakami bayroqchasini ko'tarishga haqli. Demak, bu vaziyatda derbida ishlagan laynsmen to'g'ri qaror qabul qilgan. Yani, to'p “Bunyodkor”ning 3-raqamli futbolchisi Islom Qobilovga tegmagan bo'lsa-da, uning harakatlanish nuqtasi hamda darvozabonning bu vaziyatdagi holatidan kelib chiqib, o'yindan tashqari holatni elon qilish mumkin. Qisqa qilib tushuntirganda, mana shu nuqtada Islom Qobilov bo'lmaganida darvozabonning harakati boshqacha bo'lishi, u katta ehtimol bilan oldinga harakat qilishi mumkin edi. Biroq bu erda 3-raqamli futbolchi darvozabonni chalg'ituvchi obrazida namoyon bo'ldi.



O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasi futbol muxlislaridan va ayniqsa futbol jurnalistlaridan fikr berayotganda shoshilmaslikni so'raydi. Hakamlar qo'mitasi bir necha kun avval sport jurnalistlari bilan erkin muloqotga tayyor ekanligini ko'rsatishgandi. Ular, shuningdek, har bir holatni tahlil qilib berish uchun ham masuldirlar. Ko'r-ko'rona xato qilayotgan referilarga nisbatan choralar ko'rilayotganini esa hamma ko'rib, bilib turibdi.

Tashkilot birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqin yillar ichida O'zbekistonga ham VAR tizimi kirib kelishi yo'lida harakatlar borligini takidlagandi. Bu kabi zamonaviy texnika vaziyatni qaytadan ko'rish va shoshilmasdan xulosa chiqarish imkonini berishi mumkin. Ayni vaqtda esa futbol referilari har bir uchrashuvga masuliyat bilan yondoshishga harakat qilishyapti.


Video. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0. So'nggi daqiqada urilgan gol haqqoniymidi?

Reyting: -100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика